Dushanba kuni Twitter ijtimoiy tarmog‘i o‘z veb-sayti logotipidagi ko‘k qushni Dogecoin kriptovalyutasi ramzi bo‘lgan Shiba Inu itiga almashtirdi. Bu haqda “Coindesk” xabar berdi.

Yangi logotip sahifa yuklanganda saytning yuqori chap burchagida ko‘rsatiladi. Ushbu o‘zgarish doimiymi yoki yo‘q hozircha noma’lum.
Ijtimoiy tarmoq blogi, Twitter'ni qo‘llab-quvvatlash sahifasi, shuningdek, Ilon Maskning sahifasida bu borada hech qanday izoh yo‘q.
Logotip o‘zgartirilganidan bir necha soat o‘tibgina ijtimoiy tarmoq egasi Ilon Mask shaxsiy sahifasida quyidagi rasmni joylagan:

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zgarishdan so‘ng Binance kriptovalyuta birjasida Dogecoin qiymati 30 foizga oshgan — 0,077 dollardan 0,107 dollargacha.

Avvalroq Twitter tavsiyalarida faqat pulli obunachilarning xabarlari chiqishi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)