Toshkent shahridan Rossiyaning Nijniy Novgorod shahriga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Uzbekistan Airways axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Uzbekistan Airways bahor-yoz jadvali bo‘yicha Toshkentdan Nijniy Novgorodga muntazam qatnovlarni amalga oshirishni boshladi. Endilikda Toshkentdan Rossiya shahriga muntazam qatnovlar haftada ikki marta — seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
- Toshkentdan uchib ketish — 18:00;
- Nijniy Novgorodga yetib kelish — 20:00;
- Nijniy Novgoroddan uchib ketish — 21:30;
- Toshkentga yetib kelish — ertasi kuni soat 03:00.
Qayd etilishicha, uchib ketish va yetib kelish manzili mahalliy vaqt bilan ko‘rsatilgan. Bir tomonga aviachipta narxi 1 442 630 so‘mdan, ikki tomonga 2 326 734 so‘mdan boshlanadi. Narxlar 2023-yil 4-aprel holatiga ko‘ra amal qiladi.
2022-yil avgust oyidan boshlab Toshkentdan Rossiyaning Nijniy Novgorod shahriga muntazam avtobus qatnovi tiklangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)