Samarqandda advokat M.A.ga nisbatan firibgarlik alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Xabar.uz” xabar berdi.
Qayd etilishicha, M. A. Urgut tumani IIB surishtiruvida bo‘lgan bir fuqaroga oid ishni ma’muriy javobgarlikka torttirish orqali jinoiy javobgarlikdan qutqarib qolishini aytib, 4 million so‘m miqdorida pul olgan.
Bundan tashqari, u avtohalokat sodir etishi ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shaxsni ozodlikka chiqarib berish evaziga uning otasidan 3 ming dollar olganlikda gumonlanmoqda. Hozirda advokat protsessual tartibda ushlangan, tergov harakatlari davom etmoqda.