Ushbu mahsulotlarning ba’zilari muzlatkichda saqlangani sababli ta’mini yo‘qotadi, boshqalari oddiygina javonda ham xavfsiz tarzda saqlanishi mumkin. Gap qaysi meva va sabzavotlar haqida ketayotganini bilish uchun quyidagi materialni ko‘rib chiqing.
Har gal taom tayyorlashdan oldin bozor yoki do‘konga borish ko‘pchilik uchun ovoragarchilik tug‘diradi. Shu bois ko‘pincha uzoq muddatli saqlash uchun muzlatkichga oziq-ovqat qo‘yamiz. Biroq ularning hammasi ham sovuqqa chidamsiz. Muzlatkichda saqlamaslik kerak bo‘lgan mahsulotlar:
Pomidor
Deraza tokchasi pomidor uchun mutlaq mos sharoitdir, muzlatkich ularning tuzilishini buzadi, yumshatib, sabzavotning ta’mini kamaytiradi. Agar pomidor ishtahani ochuvchi va sersuv bo‘lishini istasangiz, uni muzlatkichga qo‘ymang.
Olxo‘ri, shaftoli va gilos
Pomidorda bo‘lgani kabi olxo‘ri, shaftoli va gilos kabi mevalar sovuqda tuzilishini o‘zgartiradi. Ular yumshab qolganda bu mevalar endi unchalik mazali bo‘lmay qoladi. Ularni javonda saqlash yaxshiroq.
Avokado
Avokado ochiq havoda yaxshi turadi, shu bois javon yoki deraza tokchasi bu meva uchun qulay joydir. Faqat pishgan avokadoni yeyishdan bir yoki ikki kun oldin muzlatkichda saqlash mumkin.
Piyoz
Piyoz ko‘katlari bundan mustasno. Ammo uning boshqa barcha hosilalarini muzlatkichdan uzoqroq saqlagan ma’quldir. Piyozni salqin, quruq va qorong‘i joyda saqlash lozim. Darvoqe, uni polietilen qoplarga o‘rashdan ehtiyot bo‘ling.
Sarimsoq
Piyoz kabi sarimsoq ham nafas olishi kerak. Uni quruq va qorong‘i joyda saqlang va polietilen qopdan ko‘ra matoli to‘rvada saqlang.
Kartoshka
Kraxmalli sabzavotlar quruq va qorong‘i joyda turishi kerak. Salqin, lekin sovuq bo‘lmagan joyda. Bunday sharoit kartoshkadan nish unib chiqishiga to‘sqinlik qiladi. Nish unib chiqqan kartoshka ayrim potensial zararli birikmalarni o‘z ichiga oladi va ularni iste’mol qilish yaramaydi.
Qovun
Qovunni muzlatkichda saqlash mumkin, lekin u iste’mol qilish vaqtida xona haroratida bo‘lgani ma’qul. Bu uni iloji boricha yumshoq qiladi, og‘izda eruvchan bo‘ladi. Qovunning haroratini o‘zgartirish uning suvini kamaytiradi.
Ananas
Ananasning xususiyati shuki, u plantatsiyada bandidan kesilganidan keyin o‘sishni to‘xtatadi va ortiq pishmaydi. Shuning uchun shirin ta’mlisini iste’mol qilish uchun yaxshi pishgan mevani sotib olishga harakat qilish kerak. Bu uning xona haroratida ham saqlanishi mumkinligini anglatadi.
Makkajo‘xori
Makkajo‘xori aslida sabzavot emas, lekin u muzlatkichda ham saqlanmaydi. Makkajo‘xorini muzlatkichga qo‘yishning o‘zi unga zarar bermaydi va uni uzoqroq saqlashi ham mumkin. Bir yoki ikki kun ichida uni ishlatmoqchi bo‘lsangiz, tezroq buziladigan ovqat uchun joy bo‘shatib qo‘yishingiz mumkin.
Qovoq
Ananas kabi qovoq muzlatkichda emas, balki javonda xavfsiz turadi. Katta hajmli sabzavot o‘rniga, sovuq mikroiqlimda tezroq buziladigan narsalarni qo‘ying.
Mavzuga doir:
- Sifati uzoq vaqt buzilmasligi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini qanday saqlash kerak?
- Nima uchun muzlatgichga nam gazeta qo‘yish kerak: uy bekalariga asqatadigan layfxak
- Qo‘ziqorinlarni muzlatkichda uzoqroq saqlash, tabletkalarni ichishni unutmaslik : uy-ro‘zg‘or ishlarida qo‘l keladigan oddiy layfxaklar