Hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha ob-havoni yuqori siklon belgilaydi, buning natijasida respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi “O‘zgidromet”.
Qayd etilishicha, 3—4-aprel kunlari Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi kuchli bo‘ladi.
Kunduzgi havo harorati hafta davomida 20-23 darajadan 15-18 darajagacha o‘zgarib turadi.
Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar, shuningdek, do‘l yog‘ishi bilan kuzatiladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 3—6-aprel kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘ hududlarida 5—6-aprel kunlari yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
3—4-aprelda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 3—7-aprelda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkentda 4-apreldan 6-aprelgacha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda kuchsiz 5-10 metr/sekunddan 12-15 metr/sekundgacha esadi. 3-mart kuni kunduzgi havo harorati 21-23 darajani tashkil etadi, hafta o‘rtasiga kelib 16-18 darajagacha pasayadi.
Izoh (0)