Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Avstriya o‘zining betaraflik maqomidan foydalanib Ukrainadagi urushni hal qilishda vositachilik qilishi mumkin, dedi Chexiyaning amaldagi prezidenti Milosh Zeman avstriyalik hamkasbi Aleksandr van der Bellen bilan uchrashuvda.

Melosh Zeman
Foto: “TASS”

“Bu bizni befarq qoldira olmaydi. Avstriya harbiy jihatdan neytral, ammo betaraflik befarqlik degani emas”, — deb javob qaytargan van der Bellen Zemanning taklifiga.

Ma‘lumot o‘rnida Zeman 2013-yildan buyon o‘n yil davomida Chexiya prezidenti bo‘lib kelgan. 2023-yilning yanvar oyida respublikada yangi prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi, unda NATOning iste’fodagi generali Pyotr Pavel g‘alaba qozondi. U kelasi hafta, 9-mart kuni rasman Chexiya rahbari lavozimiga kirishadi.

Van der Bellen 2022-yil oxirida yangi olti yillik muddatga qayta saylangandi.

O‘tgan yili Avstriya kansleri Karl Nexammer Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki marta, aprelda shaxsan va may oyida telefon orqali gaplashgan. U urush boshlanganidan keyin Putin bilan uchrashgan birinchi Yevropa yetakchisiga aylandi. Nexammer uchrashuvdan oldin ham Avstriya Ukrainadagi mojaro bo‘yicha neytral pozitsiyani egallashini aytgan, uchrashuvdan keyin esa muloqot “umuman ijobiy taassurot qoldirmagani”ni ma’lum qilgan.

Shu bilan birga, Avstriya kansleri dekabr oyida, agar bu mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga ijobiy ta’sir ko‘rsatsa, Putin bilan aloqani davom ettirishga tayyorligini ta’kidlagan edi. “Biz betaraf davlatmiz, Yevropa Ittifoqida alohida maqomga egamiz va aynan shu sababdan muzokaralarda vositachilik rolini o‘ynashga harakat qilish men uchun muhim”, — deya tushuntirgan u. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bosh vazir va Toshkent shahar hokimi binolarning 1-qavatidagi kafe va do‘konlarni buzish bo‘yicha ko‘rsatma bergani rad etildi
Dunyo
Xalqaro bedarak yo‘qolganlar haftaligi, 20 ming dollarlik echki, qayta avj olayotgan denge epidemiyasi — 31-may suratlari
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynog‘idagi “Kemalar qabristoni” — suratlarda