Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi Bosh konsulligida yordamida 1-fevral kuni Jidda shahridagi tadbirkor Muhammad Sindi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Foto: “Dunyo” axborot agentligi

Qayd etilishicha, muloqot davomida O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilingan.

Uchrashuv chog‘ida Saudiya vakili O‘zbekistonga amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, iqtisodiyotni liberallashtirish va tashqi savdoni rivojlantirishga yo‘naltirilgan islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan biznes qulayliklari haqidagi batafsil ma’lumotlar bilan tanishtirilgan.

Ta’kidlanishicha, Muhammad Sindi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni, xususan, xorijiy sarmoyalarni jalb etish yo‘nalishidagi o‘zgarishlarni yuqori baholagan.

Tadbirkor mamlakatda tibbiyot jihozlari, avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarish va  pomidorni qayta ishlash bo‘yicha loyihalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Uchrashuv yakunida amaliy ishlarni boshlash maqsadida O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari bilan muloqotni tashkil etishga kelishib olingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda birinchi avtomatlashtirilgan smart sanitar-gigiyenik shoxobcha ishga tushirildi (foto)
Mahalliy
O‘zbekistonda 31-mart kuni 32 darajagacha issiq bo‘ladi
Mahalliy
Samarqanddagi eski tovuq fabrikasida gaz portladi