Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahri Amir Temur, Islom Karimov, Saroytepa ko‘chalari kesishmasidagi svetoforning yashil chirog‘i 4 sekund yonayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, mazkur vaziyat YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilgan. Natijada aslida bu holat 2022-yilning dekabr oyida sodir bo‘lgani aniqlangan. O‘shanda ob-havoning namgarchiligi tufayli svetofor qurilmasida nosozlik sodir bo‘lgan.

Holat shu vaqtning o‘zida maxsus ekspluatatsiya va montaj bo‘limi xodimlari tomonidan zudlik bilan bartaraf etilgan.

“Hozirda mazkur chorrahada o‘rnatilgan svetofor qurilmasining chiroqlari belgilangan tartibda soz holatda to‘liq ishlamoqda”, — deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim
Sport
Eng tartibli himoyaga ega O‘zbekiston, 69 gol va yuzdan ortiq sariq kartochka. U-20 Osiyo Kubogi—2023 raqamlarda
Mahalliy
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona to‘lov tizimi yaratishni taklif qildi