Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahri Mirobod tumanida 2-fevral kuni uchta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt YHXB xabar berdi.

Foto: Toshkent shahri Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi

Qayd etilishicha, soat 13:30 atrofida “Elektroapparat” zavodi ro‘parasida Labo va Matiz ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng Matiz Spark’ka borib urilgan.

Hodisaning dastlabki sababi: Labo haydovchisi harakatlanish ustuvorligiga ega bo‘lgan Matiz rusumli avtomashina haydovchisiga yo‘l bermay, burilish manyovrini amalga oshirgan.

To‘qnashuv natijasida Labo rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyada urushga qarshi rasm chizgan qizning otasi 2 yillik koloniyaga hukm qilindi
Dunyo
“Har bir davlatni ayollar boshqarsa, dunyo yaxshi tomonga o‘zgarardi” — Obama 
Dunyo
Rossiyada kim Ukrainaga hujum qilish qarorini qabul qilgani aytildi