• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan eksklyuziv suhbat

    Oʻzbekistonda 2017-yilda talabalar soni 250 ming nafar boʻlgan. Bugungi kunda esa ular soni qariyb bir million nafar. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov “Daryo” nashriga bergan intervyusida aytdi. Vazirlik rasmiysi bilan suhbat davomida qaytadan tuzilgan yangi vazirlik, koʻpayib borayotgan OTMlar va talabalar, 6 yillik muhim oʻzgarishlar haqida ham soʻz bordi.

    Komiljon aka, suhbatimizni yangi tuzilgan vazirlik nomi va vazifalaridan boshlasak. U nega aynan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi deb nomlandi? Yangi vazirlik vakolat va funksiyalarining avvalgisidan qanday farqlari bor?

    Yangi tashkil etilgan vazirlikka bir nechta vazirlik va idoralar qoʻshib yuborildi. Menimcha, bu juda muhim qadam. Dunyo tajribasida ham koʻrish mumkinki, taʼlim bilan fanni ajratib boʻlmaydi. Ular bir-biriga juda yaqin sohalardir. Shuni inobatga olib, mazkur qarorga kelindi. Yangi vazirlikka Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi birlashtirildi. Bundan tashqari, boshqa bir qator idoralarning funksiyalari ham vazirlik tarkibiga kiritildi.

    Komiljon Karimov
    Foto: “Daryo”

    Misol uchun, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bor edi, uning faoliyati tugatilib, funksiyalari oliy taʼlim muassasalariga tegishli funksiyalari aynan bizning vazirlikka oʻtdi. Davlat test markazining nomi oʻzgarib, Bilimlar va malakalarni baholash agentligiga aylantirildi va bevosita u ham bizning vazirligimiz tarkibiga qoʻshildi. Bundan tashqari, Oliy attestatsiya komissiyasi ham vazirligimiz tarkibiga oʻtkazildi. Bir-biriga yaqin va bir-birini toʻldiradigan funksiyalar bir joyda jam boʻldi.

    Oʻzbekistonda oʻtgan 6 yil ichida OTMlar soni keskin koʻpaydi. Ularga qabullar hajmi ham 3,5 baravarga ortdi. Bu qadar tez oʻsish taʼlim sifati va qamrov masalasida muammolar keltirib chiqarmayaptimi?

    Qamrov muhim masala. 2017-yilda respublikada bor-yoʻgʻi 77 ta OTM boʻlgan. Bugungi kunga kelib, rasmiy litsenziyaga ega boʻlgan OTMlar soni 209 taga yetdi. Shundan 65 tasi nodavlat, 30 tasi xorijiy OTMlar filiallari hisoblanadi. Hozirda jami talabalar soni bir million nafardan oshdi. 2017-yilda bu son 250 ming nafar boʻlgan. Bu toʻrt baravar koʻp oʻsish degani. Albatta, bu juda katta qamrov boʻlgani bois, davlat tomonidan investitsiyalar talab etadi.

    Bir million nafar talabalar ichida ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlganlariga ham eʼtibor ortgan. Birinchi oʻrinda nogironligi boʻlgan, chin yetim talabalar, kam taʼminlangan oila farzandlari uchun oliy taʼlim olishga imkoniyat yaratilmoqda. Misol uchun, nogironligi boʻlgan talabalar uchun umumiy kvotadan 2 foiz oʻrinlar ajratilmoqda. OTMlarga kirishda ularga alohida tanlov amalga oshirilyapti. Chin yetimlar ham davlat hisobidan oʻqitilyapti. Bu yil ming nafarga yaqin chin yetim talabalar oʻqishga qabul qilindi va ular toʻliq davlat hisobidan oʻqitilmoqda.

    Xotin-qizlarga, ayniqsa, ularning kam ta’minlanganlariga ikki mingta kvota ajratilgan. Shuningdek, besh yil stajga ega boʻlgan 500 nafar xotin-qizlarga ham kvotalar berilmoqda.

    Oʻzbekistonda oxirgi olti yil ichida 65 ta xususiy OTMlar ochildi. Ularni taʼlim sifati ham davlat tomonidan nazorat qilinadimi? Xususiy va davlat OTMlari oʻrtasidagi raqobat qanday samaralar berishi mumkin?

    Oʻzbekistonda 2017-yilda deyarli birorta xususiy OTM mavjud boʻlmagan. 6 yil ichida 65 ta nodavlat OTMlari ochildi. Ular yangicha yondashuv asosida oʻz faoliyatlarini olib boryapti. Bu yerda raqobat muhiti paydo boʻlmoqda. Bu albatta vaqt oʻtib, oliy taʼlim sifatini oshirishga hissa qoʻshadi. Koʻplab davlatlarda raqobat orqali taʼlim sifatini oshirishga erishilgan.

    Bundan tashqari, yangi tashkil etilgan vazirlikning muhim funksiyalaridan biri bevosita taʼlim sifatini taʼminlashdan iborat. Biz birinchi oʻrinda xalqaro tajribadan kelib chiqib faoliyatimizni amalga oshiryapmiz. Har besh yilda OTMlar akkreditatsiyadan oʻtkaziladi. Bu ham taʼlim sifatini taʼminlashda muhim.

    Xususiy va davlat OTMlari taʼlim dasturlari bir xil emas. Oxirgi paytlarda biz davlat OTMlariga boshqaruv, akademik, moliyaviy mustaqillik beryapmiz. Akademik mustaqillik taʼlimning oʻquv dasturlari va mazmuniga qaratiladi. Barchasi bir xil boʻlishi notoʻgʻri. Butun dunyoda OTMlar mustaqil.

    Foto: “Daryo”

    Prezident ham, avvalgi oliy taʼlim vaziri ham oʻqituvchilar oylik-maoshlarini kamida 1000 dollarga yetkazamiz, deb koʻp takrorlagan. Bugun oʻqituvchilarning oʻrtacha oylik-maoshi qancha? Aytilgan 1000 dollarga yetkazildimi?

    Taʼlim sifatini oshirish va korrupsiyaga qarshi kurashishda oʻqituvchilarni moddiy ragʻbatlantirish muhim ahamiyatga ega. 2017-yil bilan taqqoslaydigan boʻlsak, oʻtgan besh yil ichida barcha toifadagi oʻqituvchilarimizning oylik-maoshlari 4 baravar oshirildi. Bugungi kunda OTMlarda oʻqituvchilarning oʻrtacha oyliklari 10 million soʻmdan ancha oshgan. Aynan professor-oʻqituvchilar va rahbar kadrlar toʻgʻrisida gapirsak, ularning oyligi hozir ming dollardan ham yuqori. Bu albatta, ijobiy hol. Chunki bu orqali tizimdagi yuqori malakali kadrlarni saqlab qolish va jalb qilishga imkoniyat yaratiladi. harakat qilsa, oyligi albatta ming dollardan oshadi. Aytish kerakki, bugun davlat OTMlarida ilmiy unvonga ega professor-oʻqituvchilar umumiy oʻqituvchilarning 37 foizidan ortiqroq.

    Oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirgan viloyatlik talabalar turar joy muammosi bilan toʻqnash keladi. Tizimda barcha talabani yotoqxona bilan taʼminlash imkoniyati yoʻq va ulardan ayrimlari ijarada turishga majbur. Bugun turar joy masalasi qanday hal qilinmoqda?

    Bu boʻyicha alohida dasturlarimiz bor. Bu yilning oʻzida respublikada 27 ta yangi talabalar turar joylari foydalanishga topshirildi va 18 ming nafardan ortiq talabalar yangi turar joy bilan taʼminlandi. Yotoqxonalar qurilishida faqatgina davlat budjeti mablagʻlari hisobiga emas, budjetdan tashqari mablagʻlar ham jalb etilyapti. Qolaversa, davlat xususiy sherikchilik boʻyicha ham qurilishlar boʻlmoqda. Albatta, talabalarni turar joy bilan taʼminlash bizning ustuvor yoʻnalishlarimizdan biri. Talabalarning 60 foiziga ular tomonidan toʻlanadigan oylik ijara toʻlovining 50 foizi davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi joriy etilgan. Masalan, 2022-yilda buning uchun tizimimizdagi oliygohlarning 51 mingdan ortiq talabasiga 88 milliard soʻm mablagʻ ajratildi.

    Islombek Umaraliyev suhbatlashdi

    02.02.2023, 21:04   Izoh (1)   8591
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 986590184@telegram.org / 02.02.2023, 21:25

      Хусусий университетлар кўпайяпти деб хурсанд бўлаверасизларку лекин улардаги таълим сифатини, талабаларнинг билим олишини хеч ким назорат қилмаяпти. Бари давлат отм ларидан йиқилганлар, хаттоки 30 балл хам тўплолмаганлар киряпти. Пулинг бўлса ўқиб битириб диплом оласан, дарсга келишинг, ўқишинг, бирор нарсани ўрганишинг шарт эмас. Таълимда сифатни ошириш учун коррупция билан курашяпмиз. Лекин хусусий отмлар ўзлари қонуний коррупция. Миясида хеч вақо йўқ одамни пулини олиб, битиргизиб қўлига диплом бериб чиқариб юборса хам хеч ким хеч нарса демайди. Давлат ташкилотлари келиб талабаларини билимини текширмайди, тестдан ўтказмайди. Хусусий отмнинг рахбари агар 500 доллар берган талаба сессия имтихонларидан озод қилинади деса хам буни қонунга қарши жойи йўқ. Давлат уларни ишига аралашолмайди. Улар айти технологиялар, тиббиёт, молия, чет тиллари каби престижний сохаларни очиб катта контракт пулларини олиб ётибди. Қисқаси таълим ғирт бизнес бшлиб кетди

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

    02.02.2023, 20:29

    Janubiy Koreya O‘zbekistonda fotoelektr panellar ishlab chiqarish klasterini tashkil etmoqchi

    02.02.2023, 19:54

    Buxoro hamda Andijonda jami 480 mln so‘m kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan shaxslar ushlandi

    02.02.2023, 19:32

    Jizzaxda svetoforning yashil chirog‘i 4 sekund yonayotgani haqidagi xabarga izoh berildi

    02.02.2023, 19:13

    Toshkentda 152-sonli yangi avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi

    02.02.2023, 19:01

    AQSH Kongressi a’zolari O‘zbekistonga keladi

    02.02.2023, 18:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda yangi muvaqqat bosh vazir tayinlandi

    Dunyo | 4 iyul, 12:12

    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi

    Reklama | 4 iyul, 12:00

    Bir guruh o‘qituvchilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini sudga berdi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 11:59

    Mashhur meksikalik bokschi AQSHda qo‘lga olindi

    Sport | 4 iyul, 11:55

    Gitler haqidagi qo‘shiq tufayli Kanye Uestga Avstraliyaga kirish taqiqlandi

    Musiqa | 4 iyul, 11:51

    Gollivud aktyori Maykl Medsen vafot etdi

    Kino | 4 iyul, 11:34

    Tramp migrantlarga AQSH fermalarida qolishga ruxsat berishini aytdi

    Dunyo | 4 iyul, 11:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.