Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Manchester Yunayted” hujumchisi Meyson Grinvuddan jinsiy zo‘ravonlik aybi olib tashlandi.

Foto: Getty Images

2022-yil yanvar oyida futbolchining qaylig‘i Harriyet Robson futbolchini zo‘ravonlikda ayblab, ijtimoiy tarmoq orqali qonagan labi va tanasidagi gematomalar tasvirlangan foto hamda videolarni e’lon qilgan. Shuningdek, qiz jinsiy aloqaga majburlanayotgani yozib olingan audioyozuvni ham e’lon qilgan. Shundan so‘ng Meyson o‘z uyida hibsga olingan edi.

Grinvud jinsiy zo‘ravonlik, o‘lim bilan tahdid qilishda gumon qilingan. 2022-yil 2-fevralda u garov evaziga ozod qilingandi. Iyun oyida esa garov evaziga ozod qilish muddati uzaytirilgandi. 

2022-yil oktabr oyida Grinvud uni jinsiy zo‘ravonlikda ayblagan qiz bilan aloqaga chiqqani uchun yana hibsga olingan. 

2-fevral kuni Manchester politsiyasi Grinvuddan barcha ayblar olib tashlanganini ma’lum qildi.

“21 yoshli yigitga nisbatan 2022-yil yanvar oyida boshlangan tergov ishi to‘xtatildi. Bu ish OAVda keng yoritilayotganini inobatga olib, u endi jinoiy javobgarlikka tortilmasligi haqida xabar beramiz”, — deydi Manchester politsiyasi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Iqtisodiyot
Navoiyda o‘sish, Toshkentda qisqarish: hududlarda tovarlar eksporti hajmi qanday bo‘lmoqda?