Lionel Messi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi
“PSJ” hujumchisi Lionel Messi Liga 1 doirasida “Monpelye”ga qarshi bahsda (3:1) o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Ushbu gol argentinalik futbolchi uchun top-5 ligalardagi 697-golga aylandi. “Barselona” safida barcha musobaqalarda 672 ta, “PSJ” safida esa 25 ta golga mualliflik qilgan. Messi 697 ta gol urishi uchun unga 835 ta o‘yin kifoya qildi.
Leo bu natija bo‘yicha Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi. Portugaliyalik hujumchining hisobida 696 ta gol mavjud: 145 ta gol “Manchester Yunayted” safida, 450 ta “Real” va 101 ta gol “Yuventus” safida. U 919 ta o‘yinda shuncha golga mualliflik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu “Sporting” safida ham raqib darvozasini 5 marotaba ishg‘ol etgan, biroq Portugaliya chempionati top-5 ligalar safiga kirmagani uchun, bu gollar hisobga olinmagan.