Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Saudiya Arabistoni klublari “Real” yetakchilariga qiziqish bildirmoqda.

Foto: Getty Images

El Mundo nashrining xabar qilishicha, mamlakat rasmiylari hujumchi Karim Benzema va yarim himoyachi Luka Modrichga liga klublari bilan ikki yillik shartnoma uchun 60 million yevro maosh taklif qilgan. Jamoa tanlash huquqi futbolchilarning o‘ziga qo‘yib beriladi.

Shuningdek, xuddi shunday taklif “PSJ” himoyachisi Serxio Ramosga ham taqdim etilgan.

Saudiyaliklar futbolchilarning vakillari bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Avvalroq Modrich “An-Nassr”ning taklifiga rad javob bergani xabar qilingandi.

Saudiya Arabistoni hukumati mahalliy ligaga iloji boricha ko‘proq yulduzlarni jalb qilish istagida. Bu Saudiya Arabistoniga JCh—2030 mezbonligi kurashida qo‘l kelishi kutilmoqda. Arablar Misr va Gretsiya bilan birga 2030-yilgi mundial mezbonligi uchun ariza topshirgan.

Krishtianu Ronaldu yil boshida Ar-Riyodning “An-Nassr” klubi bilan shartnoma imzoladi. Xabarlarga ko‘ra, saudiya klubi futbolchiga yiliga 200 million yevro maosh beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
O‘zingizni qiynamasdan to‘g‘ri ovqatlanishni o‘rgatadigan 9 ta layfxak
Kino
Har gal ko‘rganingizda qalbni jumbishga soladigan hayajonli va ta’sirchan kino sahnalari
Dunyo
Vengriya Xalqaro sud qarori bilan Putinni hibsga olmaydi, Myanma qarorni e’tiborsiz qoldiradi