Germaniya Kubogi. “Bavariya” safarda raqibini tor-mor etdi va chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi
Futbol bo‘yicha Germaniya Kubogining 1/8 final bahsida “Bavariya” 1-fevral, chorshanba kuni “Mayns” bilan bahs olib bordi.

Uchrashuvda “Bavariya” 4:0 hisobida zafar quchdi. Myunxenliklar tarkibida Erik Shupo-Moting, Jamal Musiala, Leroy Sane va Alfonso Devislar o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Qayd etib o‘tish joiz, 86-daqiqada “Mayns” a’zosi Aleksandr Hak qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
Shu tariqa Yulian Nagelsmann shogirdlari 1/4 final bosqichiga yo‘l oldi.
Germaniya Kubogi
1/8 final
1-fevral, chorshanba
“Mayns” — “Bavariya” 0:4
Gollar: 0:1 – 17 Shupo-Moting, 0:2 – 30 Musiala, 0:3 – 44 Sane, 0:4 – 83 Devis.
“Mayns”: Damen, Vidmer (da Koshta, 40), Fernandesh, Xanche-Olsen, Kasi, Aaron Martin (Hak, 46), Kor, Barreyro (Li Chje Son, 46), Barkok, Shtax (Ingvartsen, 66), Ajork (Onisivo, 67).
“Bavariya”: Zommer, Joau Kanselu (Devis, 71), Upamekano (Blind, 64), Pavar, de Ligt, Kimmix, Shupo-Moting (Gnabri, 79), Myuller (Gravenberx, 64), Sane (Goretska, 71), Musiala, Koman.
Ogohlantirishlar: Vidmer (24), Myuller (38), Hak (49).
Chetlatish: Hak (86).