Fernandu Santush Polsha terma jamaosi bosh murabbiyiga aylandi.
Polsha futbol ittifoqi (PZPN) Portugaliya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi bilan shartnoma imzoladi.
“Santush Yevropa Chempionati va Millatlar Ligasida g‘alaba qozongan, jahon darajasidagi futbolchilar bilan birga ishlagan, bu juda qimmatli.
Yangi murabbiy jamoaga va Polsha futboliga juda yaxshi narsalarni olib kelishiga ishonaman. Asosiy maqsadimiz — 2024-yilgi Yevropa Chempionati final bosqichiga chiqish. Butun diqqatimizni shunga qaratamiz”, — deydi PZPN rahbari Sezari Kulesha.
Santush 8 yil mobaynida Portugaliya terma jamoasini boshqargan. JCH—2022 dan so‘ng iste‘foga chiqqan edi. Shuningdek, mutaxassis “Portu”, “Sporting”, “Benfika” va Gretsiya terma jamoalarida ishlagan.
68 yoshli murabbiy Polshada Cheslav Mixnevich o‘rnini egalladi.
Izoh (0)