“PSJ” xo‘jayini bo‘lgan Qatar Sports Investments (QSI) “Manchester Yunayted”ga qiziqish bildirmoqda.
The Athletic nashrining xabariga ko‘ra, investitsion guruh ingliz klubini xarid qilmoqchi.
QSI joriy yilning boshida xaridni amalga oshira olmaydi. Buning uchun ular “PSJ”ni sotishiga to‘g‘ri keladi.
Muqobil variant ham mavjud: Qatar suveren fondi (Qatar Invesment Authority) “PSJ” va uning egalaridan alohida yangi biznes tuzilmasini yaratishi mumkin, ammo bu futbol nazoratchilarining har xil tekshiruvlariga olib keladi.
“PSJ” prezidenti va QSI bosh direktori Nosir al-Helayfi “Manchester Yunayted” egalari Gleyzerlar oilasi bilan uchrashmagan.
Shuningdek, QSI Saudiya Arabistoni konsorsiumidan ham raqobat kutayotgani qayd etilgan. Saudiya Arabistoni suveren fondi esa allaqachon “Nyukasl”ga egalik qilmoqda.
Izoh (0)