Leverkuzenning “Bayer” jamoasi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda.
O‘zbekistonlik futbolchi qishki transfer oynasi yopilgunga qadar yangi klubga o‘tishni xohlamoqda.
“Roma” va “Torino” o‘rtasidagi muzokaralar o‘z jadalligini yo‘qotdi, chunki turinliklar “Roma”ning hujumchi uchun qo‘ygan talablarini bajarishdan bosh tortmoqda.
Shu sababdan Eldorning agentlari uning xizmatlarini chet elga, xususan Germaniyaga taklif qildi. Sky Sport nashrining xabar berishicha, “Bayer” Shomurodovga qiziqish bildirmoqda va uni mavsum oxiriga qadar ijaraga olmoqchi.
Eldor Shomurodov joriy mavsum rimliklar safida A Seriyada 6 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Izoh (0)