Amerikalik xonanda Britni Spirs ismini o‘zgartirganini ma’lum qildi. Xonanda bu haqda Instagram’dagi sahifasida muxlislariga gapirib berdi.
Britni Spirs ismini Red Riverga o‘zgartirgan. U shuningdek ismi ingliz tilidan tarjima qilinganda “Qizil daryo” degan ma’noni anglatishi haqida gapirdi. Britni Spirs Instagram’dagi sahifasiga yangi ismini yozib qo‘ydi va unga Mars sayyorasining suratini joylab, tushunarsiz post qoldirdi.
“Yorqin... oson. Rahmat, bolalikdagi do‘stim, men o‘z to‘pimni topdim. Poklik kuchini kamsitmang! Men hammasini ko‘rib turibman... Suyuq va nam. Ko‘pikli va massasi bor! Men ismimni Red River deb o‘zgartirdim”, — deb izoh qoldirdi Britni Spirs.
Izoh (0)