Shaxmat bo‘yicha Niderlandiyada Tata Steel Chess 2023 musobaqasi davom etmoqda.
Musobaqaning 22-yanvar kungi o‘yinlarida Masters bosqichida ishtirok etayotgan Nodirbek Abdusattorov amerikalik grossmeyster Levon Aronianga qarshi dona surdi. Partiya durang bilan yakunlandi.
8 turda 6 ochko jamg‘argan Nodirbek yakka peshqadam bo‘lib turibdi. 18 yoshli o‘zbekistonlik shaxmatchi keyingi o‘yinini 24-yanvar kuni germaniyalik tengdoshi Vinsent Keymerga qarshi o‘tkazadi.
Masters musobaqasi jadvali bilan tanishing:
Challengers turnirida qatnashayotgan Javohir Sindorov 8-turda Mustafo Yilmazga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Sindorov keyingi turda 24-yanvar kuni Mishra Abhimanyuga qarshi dona suradi.
Challengers jadvali quyidagi ko‘rinishda:
Izoh (0)