“Tottenhem” hujumchisi Harri Keyn “Manchester Yunayted”ga o‘tish bo‘yicha muzokaralarga tayyor.
Daily Mail nashrining xabariga ko‘ra, mankunianliklar yozgi transfer oynasida Keynni o‘z safiga qo‘shib olishni xohlamoqda va allaqachon ushbu transfer tafsilotlari bilan tanishishni boshlagan.
Angliyalik hujumchi Erik ten Hagning transfer ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Shuningdek, Keynga “Bavariya” ham qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq, “shporlar” direktorlar kengashi rahbari Deniel Levi har qanday APL klubi uchun Harrining transfer narxi 100 milliondan kam bo‘lmasligini ma’lum qilgandi. Boshqa liga vakillariga esa narx arzonroq bo‘ladi.
Izoh (0)