“Arsenal” “Brayton” futbolchisi Leandro Trossard transferini e’lon qildi.
28 yoshli yarim himoyachi London klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.
Avvalroq belgiyalik futbolchi “kanonirlar” bilan 2026-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagani, “Arsenal” “Brayton”ga 21 million funt va 4-5 million funt bonus sifatida to‘lab berishi xabar qilingandi.
Trossard 2022/23-yilgi mavsum APLda 16 ta o‘yinda ishtirok etib, 7 ta golga mualliflik qildi.
Izoh (0)