“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski Ispaniya Kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Seuta”ga qarshi bahsda (5:0) dubl qayd etdi.
Polshalik hujumchining birinchi goli “Barselona”ning Ispaniya Kubogidagi 1500-yubiley goliga aylandi. Undan so‘ng kataloniyaliklar yana 4 marotaba raqib darvozasini ishg‘ol qildi, shuningdek, Levandovskining o‘zi ham yana bitta golga mualliflik qildi. Endilikda “ko‘k-anorranglilar” hisobida Ispaniya Kubogidagi 610 o‘yinda 1504 ta gol mavjud.
“Barselona”ning Kubok bahslaridagi dastlabki goli 1909-yil 5-aprel sanasida “Espanyol”ga qarshi bahsda urilgan edi.
Izoh (0)