Niderlandiyada shaxmat bo‘yicha “Tata Steel Chess 2023” turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqaning 5-tur bahslarida o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona surdi. Mazkur uchrashuvda Abdusattorov dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisini mag‘lub etdi.
5-tur yakunlariga ko‘ra Nodirbek 4 ochko jamg‘arib, peshqadamlar safida bormoqda. Karlsenda esa 2 ochko mavjud.
Izoh (0)