Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2023-yilda Xitoyda pandemiya cheklovlarining yumshashi va havo sayohatlari bozorining tiklanishi tufayli neftga talab ortadi. Bu haqda Saudi Aramco neft kompaniyasi bosh direktori Amin Nosirga tayanib, Bloomberg xabar berdi

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

“Biz neft bozoridagi talab istiqbollariga juda optimistik qaraymiz, bu ham Xitoydan kelayotgan ijobiy signallar bilan bog‘liq”, — dedi u Bloomberg agentligiga bergan intervyusida. 

Aviatsiya yonilg‘isiga bo‘lgan talab bir yil ichida ikki baravar oshdi, ammo Saudi Aramco rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u hali pandemiyagacha bo‘lgan darajaga yetmagan.

Nosir neft sanoatiga investitsiyalarni ko‘paytirishga chaqirdi. “Zaxiralar qisqarmoqda va ta’minotning har qanday uzilishi jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin”, — deya ogohlantirdi u.

Saudiya kompaniyasi bosh direktorining fikricha, neftga bo‘lgan talabning o‘sishi yaqin o‘n yillikda barqaror bo‘ladi. 

Nosirning ta’kidlashicha, elektr transport vositalarining ommabopligi va qayta tiklanadigan energetikaning rivojlanishi uni qisman qoplaydi, ammo 2030-yilga kelib xom neft iste’moli oshadi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni Osiyo va Yevropa uchun neft narxini pasaytirishi haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi