Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ma’lum bo‘lishicha, mikroto‘lqinli pech idish-tovoq gubkasidagi bakteriyalarga qarshi kurashishning yagona usuli emas. “Noviy ochag” nashri eng samarali va tasdiqlangan usullar bilan bo‘lishdi.

Foto: “Noviy ochag”

Foto: “Noviy ochag”

Hech kim idishlarni mikrob bilan to‘lgan gubkada yuvishni yoqtirmaydi, shuning uchun ular muntazam tozalanishi kerak. Ammo qaysi usul eng samarali hisoblanadi? Idishlarni yuvish mashinasi, mikroto‘lqinli pech, kir yuvish mashinasi, oqartirgich yoki sirka.

Gubka tozalashning eng samarali usuli

3/4 chashka oqartirgich va 4 litr suv aralashtiriladi, gubka besh daqiqa davomida namlanadi, so‘ngra yuviladi. Tajriba davomida oqartiruvchi eritma gubkalardagi bakteriyalarning uchta shtammining 99,9 foizini o‘ldirdi. Bu AQSH atrof-muhitni muhofaza qilish agentligining oziq-ovqat bo‘lmagan mahsulotlarni tozalash talablariga asoslangan holda ideal natija hisoblanadi.

Ammo qanchalik mas’uliyat bilan tozalashdan qat’i nazar, oshxonadagi gubkalar uzoq ishlatilmaydi. Ular haftada bir marta tozalanadi va har ikki-uch haftada yangisiga almashtiriladi.

Gubkalarni tozalashning boshqa usullari

Oqartiruvchi vosita bakteriyalarni o‘ldirishning eng yaxshi yo‘li deb hisoblanishiga qaramay, ushbu usullarga murojaat qilish mumkin.

Mikroto‘lqinli pech

Mikroto‘lqinli pech eng samarali usullardan biri bo‘lib, mikroblarning 99,9 foizini o‘ldiradi. Agar bu usul to‘g‘ri kelsa, mikroto‘lqinli pechga gubka qo‘yiladi, u suv bilan namlangan bo‘lishi kerak. Keyin bir yoki daqiqa davomida yuqori haroratda qizdiriladi.

Idish yuvish mashinasi

Idish yuvish mashinasi ham mikroblarning 99,9 foizini o‘ldiradi. Bunday holda, gubkani issiq quruq havo sozlamalari yordamida idish-tovoq mashinasiga solish kifoya.

Sirka

Bu usul bakteriyalarning 99,6 foizini yo‘q qildi. Bajarish kerak bo‘lgan narsa gubkani sirkaga besh daqiqa davomida botirish va keyin uni chayishdir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova