Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jahongir Ortiqxo‘jayev 2022-yilning 9 oyi davomida Toshkent shahri budjetini qanday tashkil etgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “E-qaror” tizimi ma’lumotlariga tayanib, “bakiroo” Telegram kanali xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, yarim yillik yakunlarida bo‘lgani singari 9 oylik davrda ham Toshkent budjetini ijro qilishda ijtimoiy sohada tejash siyosati davom etgan. Jami 172 milliard so‘m tejab qolingan bo‘lsa, shuning 76,3 milliard so‘mi ta’lim, 75,3 milliard so‘mi tibbiyot yo‘nalishidan iqtisod qilingan.

Metropoliten uchun kompensatsiya (271,4 milliard so‘m), shahar transporti zarari (266,1 milliard so‘m), issiqlik ta’minotiga subsidiyalar (358,5 milliard so‘m), fuqarolarga yetkazilgan zararlarni qoplash (32,5 milliard so‘m) xarajatlari prognozga nisbatan 100 foizga ishlatilgan.

Iqtisodiyot yo‘nalishida eng katta xarajatni obodonlashtirish xarajatlari tashkil etgan (1 135,7 milliard so‘m). Toshkent shahar budjetining qo‘shimcha manbalar hisobidan qurilishga 347 milliard so‘m, yo‘llar qurilishiga 238,6 milliard so‘m, markaziy ko‘chalarni asfaltlashga 42,1 milliard so‘m sarflangan. Tarkibi yopiq holda qoldirilgan boshqa xarajatlar 880,9 milliard so‘mga yetgan.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Dunyo
Qozog‘istonda ikki yashar bola 11 ta magnitni yutib yubordi (foto)