• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “O‘lib qolsam kerak, deb o‘ylagan kunlarim ham bo‘lgan”. Gollivud aktrisalari eng qiyin rollarga qanday tayyorlanishadi?

    Agar zamonaviy aktrisalarning Gollivudni zabt etish uchun shirin tabassum va iste’dod bilan matnni talaffuz qila olishi yetarli deb o‘ylasangiz, unda juda qattiq adashasiz.

    Skarlett Yoxansson

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2010-yilda “Qora beva” nomi bilan mashhur bo‘lgan Natalya Romanova rolini o‘ynaganidan beri aktrisa doimiy jismoniy formada. Axir u o‘zining superqahramoni bilan yaqin bo‘lib qolgan: 2010-yilda suratga olingan filmdan keyin “Qasoskorlar”, “Birinchi qasoskor: o‘zga urush”, “Qasoskorlar: Altron davri”, “Birinchi qasoskor: qarama-qarshilik” va “Qasoskorlar: abadiy urush” filmlari paydo bo‘ldi. Aktrisa allaqachon doimiy mashg‘ulotlarga o‘rganib qolgan, ammo “Qurol sharpasi” filmi uchun u boshqa ko‘nikmalar – qurol ishlatishni o‘rganishiga to‘g‘ri kelgan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Yoxansson o‘zining “Qurol sharpasi” filmiga tayyorgarlik jarayonini “ko‘p mashqlar, keyin esa men ilgari hech qachon qilmagan taktik mashg‘ulotlar, jiddiy qurollar bilan to‘liq ishlash uchun hamma binoni tark etishi” deb ta’riflaydi. Bu mashg‘ulot haqiqatan ham xavfli bo‘lganga o‘xshaydi. Shunga qaramay, Skarlettning fikriga ko‘ra, bu qat’iy tartibdan ko‘ra qiziqarliroq edi. Aktrisa unga shunday ta’rif beradi: “Erkakdek mashq qilish, quyon kabi ovqatlanish”.

    Uma Turman

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Mashhur Kventin Tarantino filmlari seriyasida Kelin obrazini ekranda gavdalantirish uchun Uma Turman nafaqat shafqatsiz to‘da rahbarini yo‘q qilish, balki to‘dadagi barchani mag‘lub etish uchun shunday jangovar mahoratga ega bo‘lishi kerak edi. Bundan tashqari, u chet tilini o‘rganishiga ham to‘g‘ri kelgan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Intervyulardan birida rejissor unga qanday talablar qo‘yganligi haqidagi savolga javob berarkan, aktrisa shunday javob beradi: “Kung-funing uchta uslubi, qilich jangining ikkita uslubi, pichoq otish, pichoq bilan jang qilish, qo‘l jangi, yapon tilini o‘rganish. Bu shunchaki absurd edi”.

    Albatta, “absurd”dan yuqori sifatli va munosib narsa tug‘ilishi uchun uzoq vaqt kerak bo‘ldi. Turmanning so‘zlariga ko‘ra, u jang san’ati ustasi bilan bo‘ladigan mashg‘ulotlarga zo‘rg‘a borgan — hech qanday yengillik berilmagan yoki mashg‘ulotlar bekor qilinmagan: “Ular meni haftasiga 5 kun 3 oy davomida ertalab soat 9 dan kechki 5 gacha mashq qildirishdi. Biz hech qachon kech boshlab, erta tugatmaganmiz”.

    Anjelina Joli

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Anjelina Joli nafaqat puxta tayyorgarlik ko‘rishni talab qiladigan rollarga intiladi, balki ularni mustaqil ravishda murakkablashtiradi. Aktrisa bosh rolni o‘ynagan “Lara Kroft: dahma talonchisi” filmi rejissorining aytishicha, suratga olish boshlanishidan oldin Joliga u o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan jangovar texnikalar ro‘yxatini ko‘rsatgan. U ko‘plab narsalarni o‘z ichiga olgan — otda yurishdan tortib, tayoq bilan jang qilishgacha.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Joli juda ko‘p mashq qilishni yoqtirishi aniq. Yetti yil o‘tgach, u “Solt” (2010) filmida ishlayotganda ikkita yangi harbiy tizimni o‘zlashtirdi. “U muay-tay va krav-maga (Isroil tomonidan ishlab chiqilgan harbiy qo‘l jangi tizimi) kombinatsiyasida o‘qitilgan, — deydi filmning kaskadyor o‘qituvchisi Saymon Kreyn. — Dastlabki bosqichlarda haftasiga taxminan 3-4 marta 2 soatdan mashq qildik. Suratga olish boshlanganda tushlik tanaffuslarida yoki dam olish kunlarida shug‘ullanganmiz”.

    Natali Portman

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Natali Portman Darren Aronofskiyning “Qora oqqush” filmiga tayyorgarlik jarayonini shunday ta’riflaydi: “Men, albatta, o‘laman deb o‘ylagan kunlar ham bo‘ldi”. “Oqqush ko‘li”da ikkita markaziy rolni o‘ynash uchun tayinlangan ruhiy jihatdan beqaror balerina roliga tayyorgarlik ko‘rish uchun Portman bir yilini balet mahoratini rivojlantirishga sarfladi. Har kuni u 5 soatdan shug‘ullandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Shunday qilib, suratga olish boshlanishi bilan kunlik 5 soatlik balet mashg‘uloti 16 soatga aylandi. Xoreografiya zalida jadal o‘qiyotgan Portman, shuningdek, eng qattiq dietaga rioya qildi, bu esa uning 9 kiloga ozishiga olib keldi.

    Jennifer Lourens

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Hayot-mamot o‘yinlari” franshizasida xarizmatik Kitniss Everdin rolini o‘ynash uchun Lourens nafaqat barcha aktrisalik mahoratini ishga solishi, balki haftasiga 6 kunni hamma ham qila olmaydigan mashg‘ulotlar uchun sport zalida o‘tkazishi kerak edi. Albatta, asosiy mashg‘ulotlar ham bor edi: kardio mashg‘ulotlari va sprintlar. Ammo ulardan tashqari, yosh aktrisa haqiqiy jang qilish mahoratini o‘rgandi (hech bo‘lmaganda u kamonni professional tarzda ishlata olishi kerak edi).

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Aktrisa tan olganidek, uning kundalik faoliyatiga qoyaga tirmashish, daraxtga chiqish, jang qilish, yugurish va parashyutdan sakrash kirardi. Ko‘rinishidan, bunday real tayyorgarlikning bir qismi sifatida Lourens o‘rmonda uxlashi kerak edi. Garchi o‘sha paytda uxlash uchun vaqt ham topolmagan.

    Mavzuga doir:

    • Boshqa aktyorni tasavvur qilolmaydigan darajada qoyilmaqom ijro etilgan mashhur rollar
    • Tasodifmi yoki ko‘chirma? “Uenzdey” seriali voqealari mashhur filmlarni yodga solmoqda
    • 2023-yilda shov-shuvli muhokamalarga sabab bo‘lishi kutilayotgan yangi filmlar

    15.01.2023, 15:22   Izoh (0)   37094
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kaan Urganjio‘g‘li yangi loyihada suratga tushdi, “Sipohiy” serialining rejissori o‘zgardi. Turk kinosi yangiliklari

    15.01.2023, 11:50

    Instagram: Qizalog‘ini tug‘uruqxonadan olib chiqqan Jahongir Xo‘jayev, 60 kishiga yegulik tarqatgan Luiza Rasulova, singlisi uchun syurpriz tayyorlagan Ozoda Nursa...

    14.01.2023, 22:51

    Hechdan ko‘ra kech yaxshi: 40 yoshdan keyin ona bo‘lishga qaror qilgan mashhurlar (foto)

    14.01.2023, 19:56

    Keyt Middltonning go‘zallik sirlari: Terining yosh ko‘rinishini saqlab qolishga yordam beradigan 3 ta maslahat

    14.01.2023, 17:54

    Foto: 10 yil ichida umuman o‘zgarmagan Gollivud yulduzlari

    14.01.2023, 09:58

    Gollivud yulduzi Ben Afflek ponchiklarni sotish xizmatida ishlab ko‘rdi

    13.01.2023, 19:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.