• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12777.52
    • RUB161.54
    • EUR14590.65
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi

    Shavkat Mirziyoyev Qurolli kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigi yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar!

    Qurolli kuchlarimiz xizmatchilari va faxriylari!

    Qadrli yurtdoshlar!

    Sizlarni, sizlar orqali ko‘pmillatli butun xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

    Ushbu quvonchli ayyomda o‘z hayotini ona yurt himoyasidek ulug‘ ishga bag‘ishlagan siz, azizlarga o‘zimning yuksak hurmat va ehtiromimni bildiraman.

    Hech shubhasiz, mard va olijanob xalqimiz o‘zining muqaddas qasamyodiga hamisha sodiq bo‘lib, xizmat burchini yerda ham, ko‘kda ham sharaf bilan ado etayotgan sizlar kabi zabardast farzandlari – bahodir va dovyurak harbiylarimiz bilan haqli ravishda faxrlanadi.

    Muhtaram do‘stlar!

    So‘nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida milliy armiyamizning qiyofasi va salohiyati tubdan o‘zgardi.

    Bugungi kunda O‘zbekiston Qurolli kuchlari mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlashga qodir bo‘lgan, harakatchan va puxta qurollangan qudratli kuchga aylandi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.

    Dunyoda yuzaga kelgan hozirgi murakkab vaziyatda Vatanimiz mustaqilligi va suverenitetini, uning hududiy yaxlitligini ta’minlash, eng qimmatli boyligimiz – jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va totuvlikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash naqadar muhim ahamiyatga ega ekanini barchamiz albatta chuqur anglaymiz.

    Aynan shuning uchun ham biz 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasida yurtimiz mudofaa salohiyatini yanada mustahkamlash va Qurolli kuchlarimizni rivojlantirishni ustuvor yo‘nalishlardan biri etib belgiladik.

    Ushbu strategiya asosida Qurolli Kuchlarning tezkor boshqaruvini amalga oshirish, milliy armiyamizni zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnikalar bilan ta’minlash hamda harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy tayyorgarligi va jangovar ruhini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ko‘zda tutadigan qarorlar qabul qildik.

    O‘tgan yili harbiy qismlarda ilk bor “Amir Temur jangovar bayrog‘i uchun” musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini oshirish, harbiy an’analarni yanada mustahkamlash, buyuk ajdodlarimizga munosib mard va jasur, bilimli va jismonan baquvvat Vatan himoyachilarini tarbiyalashda ushbu musobaqalar beqiyos ahamiyatga ega.

    Ayni vaqtda azmu shijoatli askarlarimiz xalqaro maydonlarda o‘tkazilayotgan ko‘plab nufuzli harbiy musobaqalarda ham faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Jumladan, O‘zbekiston harbiylari Xalqaro armiya o‘yinlari, “Kembriya patruli” va boshqa yirik harbiy-sport musobaqalarida bir necha yillardan buyon salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritayotgani barchamizni quvontiradi.

    Yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

    Bu borada o‘tgan yili mamlakatimiz bo‘ylab “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harakatini tashkil etganimiz hamda barcha umumta’lim maktablarida mazkur harakatning 20 mingdan ziyod o‘quvchi yoshlarni qamrab olgan guruhlari tuzilgani farzandlarimiz qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotganini ta’kidlash lozim.

    Harbiy xizmatchilarning oila a’zolari hamda soha faxriylarini ijtimoiy himoya qilish masalasiga ham jiddiy ahamiyat berilmoqda. Faqat so‘nggi bir yilning o‘zida 3 mingdan ortiq harbiylar uy-joy bilan ta’minlandi, salkam 2 ming harbiy xizmatchilarning farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar berildi, 4 mingdan ziyod harbiylarning turmush o‘rtoqlari kasbga o‘qitilib, ishga joylashtirildi, 1250 nafar harbiy pensionerning bandligi ta’minlandi.

    Qadrli yurtdoshlar!

    Bugungi kunda butun jahonda, jumladan, bizning mintaqamizda, bevosita chegaralarimiz yaqinida turli tahdid va xatarlar tobora kuchayib bormoqda.

    Dunyoda ro‘y berayotgan gibrid xarakterdagi qurolli to‘qnashuvlar tahlili bizdan Qurolli kuchlarimizning jangovar harakatlar jarayonida ilgari amalda qo‘llanilmagan qurollardan foydalanadigan kuchlarga qarshi kurasha olish qobiliyatini oshirishni taqozo etmoqda.

    Bunday sharoitda, avvalo, jangovar harakatlarning samarali shakl va usullarini tadqiq va tatbiq etish, Qurolli Kuchlarning yagona avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish borasidagi ishlarni jadallashtirishimiz lozim.

    Mamlakatimiz hududlarining operativ jihozlanishini ta’minlash, hududiy mudofaa va fuqaro muhofazasi tizimini takomillashtirish hamda davlat organlari barcha subyektlarining favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tayyorgarlik darajasini kuchaytirish muhim vazifadir.

    Mudofaa sanoatini tizimli rivojlantirish, uchuvchisiz uchish apparatlari, zirhli avtomashinalar kompleksini takomillashtirish ishlari ham faoliyatimizning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

    Bundan tashqari, quyi pog‘onalardagi bo‘linmalarning axborot-psixologik ta’sirlarga bardosh bera olish qobiliyatini oshirishga qaratilgan tayyorgarlik ishlarini doimiy yo‘lga qo‘yish zarur.

    Ma’lumki, biz 2023-yilni mamlakatimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qildik.

    Shu maqsadda harbiy qismlarda shaxsiy tarkibning jangovar tayyorgarligini, bilim va malakasi, dunyoqarashini yuksaltirish, ularning kasbiy va madaniy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga muhim ahamiyat beriladi.

    Harbiy xizmatchilar va soha faxriylarini, ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, moddiy va tibbiy ta’minotini yaxshilash, hududlarimizda harbiylar uchun uzoq muddatli, imtiyozli kreditlar asosida ko‘p qavatli uy-joylar barpo etish bundan buyon ham oldimizdagi muhim va ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qoladi.

    Bugungi qutlug‘ ayyomda bir fikrni alohida ta’kidlab aytmoqchiman: harbiy-jangovar salohiyat va yuksak ma’naviy salohiyat O‘zbekiston Qurolli kuchlarining ikki buyuk tayanchiga aylanishi zarur. Shonli tariximiz, buyuk ajdodlarimiz, yengilmas sarkardalarimiz jasorati, ularning “Bilagi zo‘r – birni yengar, ongi va yuragi zo‘r esa – mingni” degan dono o‘gitlari bizga aynan mana shunday hayotiy haqiqatni uqtiradi.

    Shu ma’noda, harbiy ta’lim va yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida, milliy o‘zligimiz, ezgu qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash tizimini yanada takomillashtirish barchamizning eng muhim vazifamizdir.

    O‘tgan yili uzluksiz harbiy ta’lim tizimini jahon standartlari darajasiga olib chiqish borasida jiddiy qadamlar tashlandi.

    Qurolli Kuchlar akademiyasi isloh qilinib, kelgusida uning harbiy ilm-fan sohasi lokomotiviga aylanishi uchun mustahkam zamin yaratildi. Endilikda oliy harbiy ta’lim muassasalarida ham yangicha yondashuv va o‘quv uslublari joriy etiladi.

    Navqiron avlodimizni bugungi axborot makonida mavjud tahdidlardan himoya qilish, ularda yot va zararli g‘oyalarga qarshi barqaror immunitetni shakllantirish maqsadida davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda yoshlar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi amaliy ishlarimiz samaradorligini oshirishimiz zarur.

    Tabiiyki, ushbu vazifalarni bajarishda “Xalq va armiya – bir tanu bir jondir!” degan tamoyildan kelib chiqib, harbiy-ma’muriy sektorlar va keng jamoatchilikning ishtirokini ta’minlash muhim ahamiyatga ega.

    Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli kuchlarimiz xizmatchilari va faxriylari!

    Bugungi shonli ayyomda mamlakatimiz tinchligi va xavfsizligi yo‘lidagi fidokorona xizmatlaringiz uchun barchangizga o‘z nomimdan, butun xalqimiz nomidan chuqur minnatdorlik bildiraman.

    Siz, azizlarni, sizlar orqali oila a’zolaringizni Qurolli kuchlarimiz tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman.

    Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, olijanob va mas’uliyatli xizmat vazifangizda ulkan zafarlar tilayman.

    Kuch-g‘ayratingiz, sha’nu sharafingiz yanada ziyoda bo‘lsin!

    El-yurtimizning yuksak mehri va ishonchi sizlarga doimo yor bo‘lsin!”

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti, Qurolli kuchlar Oliy bosh qo‘mondoni

    13.01.2023, 20:52   Izoh (0)   18978
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2022-yilda tadbirkorlarga nisbatan qariyb 21 mingta qonun buzilish holatlari sodir etildi

    13.01.2023, 20:39

    “O‘zbekneftgaz”: “Ishchi guruh” qish mavsumini talofatsiz o‘tkazish bo‘yicha Buxoro NQIZda bo‘ldi

    13.01.2023, 20:00

    Andijonda mashinasiga chana bog‘lab uchgan uch nafar fuqaro javobgarlikka tortildi

    13.01.2023, 19:42

    Prezident harbiy xizmatchilar va soha faxriylariga mukofotlar topshirdi

    13.01.2023, 19:14

    O‘zbekistonda 84,8 foiz uy xo‘jaliklari hovlida yashaydi

    13.01.2023, 19:10

    Jizzaxda mast piyoda hayotini YPX xodimi saqlab qoldi (video)

    13.01.2023, 18:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Sun’iy intellekt vositalari va NVIDIA RTX 50: yangilangan ASUS ProArt P16 nimalarni o‘z ichiga oladi?


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda dollar yana tushdi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 16:18

    O‘zbekiston prezidenti va Slovakiya bosh vaziri Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi (foto)

    O‘zbekiston | 9 iyun, 16:15

    Tramp Ukrainaga mo‘ljallangan 20 ming raketani Yaqin Sharqqa yubordi — Zelenskiy

    Dunyo | 9 iyun, 16:10

    Zig‘ir urug‘ining foydali tomonlari va uni qanday iste’mol qilish yaxshiroq?

    Layfstayl | 9 iyun, 15:55

    “Afg‘oniston boshqa davlatlarning suv resurslariga da’vo qilmaydi” — elchi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 15:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.