Toshkent viloyati Bekobod tumani Sirdaryo daryosida 30-dekabr kuni Fazliddin G‘oyibnazarov sheriklari bilan qush ovladi. Tabiat resurslari vazirligi axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, o‘rganishlar davomida fuqaro X.U tomonidan qushlar ovlangani va o‘ljalar bilan bevosita boshqa fuqarolar bilan birgalikda sportchi Fazliddin G‘oyibnazarov ham foto va videotasvirga tushgani o‘z tasdig‘ini topgan.
Ovni amalga oshirgan fuqaro X.U.ning ov qilishga tegishli hujjatlari borligi, u ovchilik jamiyatidan ro‘yxatdan o‘tgani aniqlangan. Biroq u ov jarayonida belgilangan me’yorlarga amal qilmay, qoidalarni qo‘pol tarzda buzgan va tabiatga zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 90-moddasiga asosan, huquqbuzarga nisbatan jarima va hayvonot olamiga yetkazilgan zarar miqdori hisoblanib, ov qurollari Toshkent viloyati Bo‘ka tumani ichki ishlar bo‘limiga belgilangan tartibda topshirildi.
Izoh (0)