“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep “Chelsi”ga qarshi kechgan o‘yinda zaxira almashtirishlari samara berganiga o‘ziga xos reaksiya bildirdi.
“Shaharliklar” Premyer Liga 19-turi doirasidagi bahsda London klubini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. G‘alaba golini Riyod Mahrez Jek Grilishning uzatmasidan keyin urdi. Har ikki futbolchi goldan 3 daqiqa-yu 43 soniya oldin maydonga tushgandi.
Gvardiola almashtirishlari foyda bergani haqidagi savolga quyidagicha javob berdi: “Men dahoman”.
Shundan keyin Pep “Everton”ga qarshi o‘yindagi almashtirishlar o‘z samarasini bermaganini qayd etib o‘tdi.
Mutaxassis o‘yin haqida ham o‘z fikrlarini bildirdi.
“Birinchi bo‘limda u qadar yaxshi harakat qilmadik. O‘z pozitsiyasidan boshqa joyda o‘ynagan Kanseluga rahmat aytdim. Birinichi bo‘limda ko‘p kurashdik, bu asabni yemiradigan o‘yin bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limning boshidanoq hammasi yaxshiroq kechdi. Bu uch ochko biz uchun juda muhim”, — deydi Gvardiola.
Izoh (0)