2022-yilning 11 oyida 619,1 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi dam olish va hordiq chiqarish uchun xorijga chiqqan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, o‘zbekistonliklar dam olish va hordiq chiqarish uchun eng ko‘p safar qilgan davlatlar ro‘yxatida birinchi pog‘onani Turkiya egalladi. Uchlikdan BAA va Saudiya Arabistoni ham joy olgan:
- Turkiya – 220 ming kishi;
- BAA – 99 ming kishi;
- Saudiya Arabistoni – 55 ming kishi;
- Misr – 31,7 ming kishi;
- Kuvayt – 14,3 ming kishi;
- Janubiy Koreya – 10,9 ming kishi;
- AQSH – 9,5 ming kishi;
- Gruziya – 6,8 ming kishi;
- Hindiston – 5,6 ming kishi;
- Germaniya – 4,2 ming kishi.
Izoh (0)