Toshkent metrosining “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishida poyezdlar harakati vaqtincha soat 07:00 dan boshlanadigan bo‘ldi.
Metropoliten ma’muriyatining ma’lum qilishicha, “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishida yangi metro bekatlarining qurilishi bilan bog‘liq qurilish, ta’mirlash ishlari tungi belgilangan vaqt oralig‘ida bajarilishi rejalangan. Shu munosobat bilan ushbu metro yo‘nalishida poyezdlar harakati belgilangan tartibda soat 05:00 dan emas, soat 07:10 dan yo‘lga qo‘yildi.
“Hozirda mavjud metro yo‘nalishlarda poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatini davom ettirmoqda. Keltirilgan noqulaylik yuzasidan yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)