Toshkent shahridagi Xalqaro kongress markazida O‘zbekistonda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev shohsupaga ko‘tarildi. O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat madhiyalari yangradi.
Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng davlat rahbarlari tor doirada muzokara o‘tkazish uchun mo‘ljallangan zalga o‘tdi.
Izoh (0)