O‘zbekiston 22-dekabr kuni Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 22-dekabr kuni afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami yuki ortilgan to‘qqizta maxsus yuk mashinasi Termiz orqali Afg‘onistonning Hayraton shahriga jo‘natilgan.
Balx viloyati Hayraton shahridagi Astras kompaniyasi hududida ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston bundan avval sentabr oyida insonparvarlik yuklari jo‘natgandi. 58 tonnalik zarur oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan avtomashinalar Hayraton chegara o‘tkazish punkti orqali Balx viloyati shimolidagi Kaldor tumaniga yetkazib berilgandi.
Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston bo‘yicha tashabbusi BMT Xavfsizlik kengashida taqdim etildi
Izoh (0)