Toshkentda archalar o‘rnatilib, bayram sayillari o‘tkaziladigan joylar ma’lum qilindi
Toshkent shahar hokimligi Yangi yil arafasida va undan keyin poytaxtning har bir tumanida archalar o‘rnatiladigan maydon va bog‘lar ro‘yxatini e’lon qildi. 25-dekabrdan 5-yanvargacha bu yerda bolalar va kattalar uchun ko‘ngilochar tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Archa o‘rnatiladigan va bayram sayillari bo‘lib o‘tadigan manzillar quyidagicha:
Yunusobod tumani:
- shaharning bosh archasi — Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi oldidagi maydon
Shayxontohur tumani:
- “Navro‘z” bog‘i, “Anhor-Lokomotiv” istirohat bog‘i yonida
- Tashkent City bog‘i
Mirzo Ulug‘bek tumani:
- Central Park (sobiq Telman) bog‘i
- “Yangi O‘zbekiston” bog‘i
- “Lokomotiv” bog‘i
Chilonzor tumani:
- G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i
- Humo Arena muz saroyi oldidagi maydon
Mirobod tumani:
- Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i
Bektemir tumani:
- Food City savdo majmuasi oldidagi maydon
Sergeli tumani:
- “Markaziy xiyobon” bog‘i
Yangihayot tumani:
- Index savdo majmuasi.
Olmazor tumani:
- “Beruniy” metro bekati yaqinidagi maydon
Uchtepa tumani:
- “Seul eko” bog‘i
Yakkasaroy tumani:
- Next ko‘ngilochar-savdo markazi
Yashnobod tumani:
- Ashxobod bog‘i
- “Aviasozlar” saroyi oldidagi maydon.
Yangi yil bayramlari tashkilotchisi – Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi.