O‘zbekistonning Bangkok shahridagi bosh konsulxonasi harakatlari bilan iyun–dekabr oylari davomida Myanma hududida mushkul ahvolga tushib qolgan 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Qayd etilishicha, mamlakat diplomatiya vakolatxonasi fuqarolarning ikki nafariga BMTning Xalqaro migratsiya tashkiloti tomonidan, uch nafariga homiy tashkilotlar hisobidan aviachiptalar xarid qilinishi, olti nafari vaqtinchalik bepul turar joy bilan ta’minlanishi yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatdi.
O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish uchun mamlakat bosh konsulxonasi Bangkok shahrida joylashgan xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, mahalliy rasmiy va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda faol ish olib bormoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, ular uyushgan tovlamachilarning yolg‘on va’dalariga ishonib, ayanchli holatga tushib qolgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda mamlakatimizning Bangkok shahridagi bosh konsulxonasi O‘zbekiston fuqarolarini yolg‘on ish e’lonlari va mo‘may maosh ilinjida noqonuniy migratsiya va odam savdosi qurboniga aylanib qolishdan ogoh bo‘lishga chaqiradi, — deyilgan xabarda.
Mavzuga doir:
Izoh (0)