Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shimoliy Koreya “yangi turdagi strategik qurol tizimi” uchun “katta tortish kuchiga ega qattiq yonilg‘ili dvigatel”ni muvaffaqiyatli ravishda sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar bermoqda.

Arxiv

Arxiv
Foto: Getty Images

“Milliy mudofaa akademiyasi institutlaridan biri 15-dekabr kuni ertalab Soxe kosmodromida mamlakatda yagona bo‘lgan, 140 tonnalik tortish kuchiga ega qattiq yonilg‘ili dvigatelni  muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi”, — deyiladi xabarda.

Agentlik qayd etishicha, “muhim sinov” yangi turdagi strategik qurol tizimini ishlab chiqish uchun “ishonchli ilmiy-texnik kafolat” bilan ta’minlagan.

KMTA ma’lumotlariga ko‘ra, sinovga Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In rahbarlik qilgan. U “eng qisqa muddatlarda yangi turdagi yana bitta strategik qurol yaratilishi”ga umid bildirdi.

“Sinovlar natijalari ilmiy jihatdan va aniq qilib ko‘rsatdiki, barcha texnik ko‘rsatkichlar, shu jumladan, dvigatel tortish kuchi, solishtirma impulsi, o‘t olish tavsiflari, ishlash vaqti va boshqalar loyihadagi qiymatlarga mos keladi, shuningdek, uning ishonchliligi va xavfsizligi isbotlandi”, — deya xulosa qildi agentlik.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)