Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Polsha Seymi (parlament quyi palatasi) Rossiyani “terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlat” deb tan olingan rezolyutsiyani qabul qildi, deb yozmoqda Gazeta Wyborcza.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Polsha respublikasi seymi Rossiya federatsiyasini terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi va terrorchilik vositalaridan foydalanadigan davlat sifatida tan oladi”, — deyiladi rezolyutsiyada.

Hujjatda aytilishicha, Rossiya “inson huquqlari, xalqaro huquq, Birlashgan Millatlar Tashkiloti nizomi va bir qator boshqa majburiyatlarni tizimli ravishda buzmoqda”, shuningdek, “xususan, energetika sohasida dushmanona iqtisodiy harakatlar qilmoqda”.

Bundan tashqari, rezolyutsiyada 2014-yilning iyulida Malaysian Airlines aviakompaniyasining MH17 reysi urib tushirilishi, shuningdek, 2010-yilning aprelida Smolensk yaqinida 96 kishi, shu jumladan, Polsha prezidenti Lex Kachinskiy halok bo‘lgan Tu-154 samolyotining qulashi uchun Rossiya “bevosita javobgar” ekani qayd etilgan.

Malaysia Airlines aviakompaniyasining Amsterdamdan Kuala-Lumpurga yo‘l olgan Boeing 777 samolyoti 2014-yil 17-iyul kuni Donbassda halokatga uchragandi. Samolyot bortida 298 kishi, shu jumladan 196 niderlandiyalik bo‘lgan. Yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarining barchasi halok bo‘lgan.

Tu-154 samolyoti 2010-yil 10-aprelda Smolensk yaqinida halokatga uchragan. Samolyotda Kachinskiy va uning rafiqasi, shuningdek, seym a’zolari, oliy harbiy qo‘mondonlik, din va jamoat arboblari bo‘lgan. Delegatsiya Katin qirg‘inining 70 yilligi munosabati bilan motam tadbirlariga yo‘l olgandi. Bortdagi 96 kishining barchasi halok bo‘lgan. Varshava versiyasiga ko‘ra, samolyot bortdagi portlashdan keyin halokatga uchragan.

Moskva bu falokatlarga aloqadorligini rad etib keladi.

Rossiyani terrorizm homiysi deb tan olish haqidagi birinchi rezolyutsiya 2022-yil 10-mayda Litva Seymi tomonidan qabul qilingan edi. Keyin Latviya, EstoniyaNiderlandiya parlamentlari, Chexiya parlamentining quyi palatasi va Yevropa Kengashi parlament assambleyasi (PACE) tomonidan xuddi shunday qarorlar qabul qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topildi
Mahalliy
Andijondagi zapravkada navbatsiz kirishga uringan haydovchi bir necha IIB xodimlari tomonidan ushlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda narxlarning o‘sishi sur’ati yanvar oyida pasaya boshladi