O‘zbekiston Isroildan qariyb 60 tonna avokado import qildi
2022-yilning yanvar—oktabr oylarida O‘zbekistonga 184,3 tonna avokado import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, avokado importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 93,3 tonnaga oshgan.
2022-yilning 10 oyida O‘zbekiston eng ko‘p avokado import qilgan davlatlar:
- Isroil – 59 tonna;
- Turkiya – 37,3 tonna;
- Qozog‘iston – 34,6 tonna;
- Xitoy – 27,7 tonna;
- Rossiya – 13,6 tonna.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar