Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati viloyatdagi sanoat korxonalaridan gaz uzib qo‘yilishi oqibatida 10 minglab aholi ishsiz qolayotgani, ular gaz ulab berilishini so‘rab, ko‘chaga chiqishayotgani aytilgan videoxabar yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi va holat aslida qanday bo‘lganiga oydinlik kiritdi.

Foto: Videodan kadr

Foto: Videodan kadr

Ushbu videomurojaatda O‘zbekiston tumani, “Sho‘rsuv” MFYdagi “Sho‘rsuv” sanoat zonasida joylashgan Albus gips ishlab chiqaruvchi zavod tabiiy gazdan uzilgani sababli zavodda ishlovchi ishchilar videomurojaat orqali o‘z e’tirozlarini bildirgan.

Respublika bo‘ylab havo haroratining pasayishi va energiya taqchilligi obyektiv holati kelib chiqqanligi munosabati bilan sanoat korxonalariga gaz yetkazib berish qat’iy cheklangan. Ushbu choralar qatorida “Sho‘rsuv” shaharchasidagi Albus Cement Group zavodidan tashqari, mazkur hududdagi “Turon Eko Sement”, “Turon PFK”, “Shaffofsement sanoat”, “Qurulish ashyo Sifat” MCHJlarga qarashli ishlab chiqarish korxonalariga ham Vazirlar Mahkamasining tegishli bayonnomasiga asosan 27-noyabr kuni tabiiy gaz tarmog‘idan muhrlash yo‘li orqali uzilgan. Gazni uzish yuzasidan asoslar mazkur zavod va gaz yetkazib beruvchi korxona o‘rtasida tuzilgan shartnomada ham ko‘rsatilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 29-noyabr kuni tuman gaz idorasi mas’ul xodimlari tomonidan Albus zavodiga ulangan gaz tarmog‘i tekshirilganda, ushbu zavod o‘zboshimchalik bilan qaytadan gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib olgani aniqlangan va dalolatnoma tuzilib, gaz quvuridan yana bir bor kesib qo‘yilgan.

Yuzaga kelgan obyektiv murakkab sharoitni to‘g‘ri tushungan holda Albus Cement Group’dan tashqari boshqa yuqoridagi korxonalar muqobil yoqilg‘i (ko‘mir)ga o‘tgan. Shunday bo‘lsa-da, gaz yetkazib berishdagi obyektiv holatdan zavod direktori, boshqaruvchilarning ham to‘liq xabari bo‘lib turib, 6-dekabr kuni zavod ish yurituvchisi A.T. va 20 ga yaqin ishchi zavod faoliyati to‘xtaganligidan noroziligini bildirish uchun oldindan qilingan reja va taklif qilingan uchinchi shaxslar ishtirokida namoyish tashkillashtirilgan.

Ushbu namoyishda xodimlar kelishuvga ko‘ra atayin ehtirosli so‘zlar, chalg‘ituvchi gaplar va keskinlik yordamida, shuningdek, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan axborotlar orqali o‘z murojaatlarini yetkazishgan va videomurojaat oldindan ushbu holatni tasvirga olishga taklif qilingan insonlar ishtirokida Telegram’dagi “Olimjon Haydarov” kanalida e’lon qilingan.

Holat yuzasidan zavodning yetti nafar ishchisiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183, 201-moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga berilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tuman sudi 7-dekabr kuni huquqbuzarlarning bir nafariga 10 sutka, olti nafariga 5 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan.

Shuningdek, tarqatilgan videoda va unga berilgan izohlarda boshqa zavodlarda gaz o‘chirilmagani, bu masalaga mansabdor shaxslarning aloqasi borligi va 10 minglab ishchilar ishsiz qolayotgani vaji keltirib, noaniq va haqiqatga mos bo‘lmagan axborot ham tarqatilgan. Jumladan, “Sho‘rsuv” hududidagi Knauf korxonasining tabiiy gazi uzilmagani aytib o‘tilgan, lekin haqiqatda Knauf korxonasi 29-noyabrdan boshlab tabiiy gaz olmayotganini gaz korxonalari tasdiqlagan.

Bundan tashqari, Albus Cement Group tabiiy gazdan uzilishi oqibatida 10 mingga yaqin ishchilar ishsiz qolgani yuzasidan keltirilgan vajlari asossiz bo‘lib, ushbu korxonada 241 ta ishchi xodimlar ishlashi aniqlangan. Ya’ni, mazkur axborotlarni atayin asosiy murojaatga aralashtirish orqali, videotasvir auditoriyasini kengaytirish va davlat organlarini obro‘sizlantirish maqsad qilingan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 202-2-moddasiga asosan jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan, ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Ushbu yo‘nalishdagi harakatlarga aniqlik kiritish va tahlil qilish ishlari davom etmoqda.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi