Bir necha kundan buyon hukm surayotgan qorli ob-havoda o‘zbekistonliklar yasagan qorbobolar — suratlarda
O‘zbekistonning aksariyat qismida 4-dekabrdan qor yog‘ishi boshlandi. “O‘zgidromet” oy boshidan buyon kuzatilayotgan anomal sovuq ob-havo havo kelayotgan hafta boshigacha saqlanib turishi haqida xabar berdi. 9-dekabr kuni ham qor yog‘ishi davom etadi.
O‘zbekistonlik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa ana shunday qorli ob-havoda bir-biridan qiziq qorbobolar suratlarini o‘z sahifalarida ulashmoqda. Quyida ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilayotgan qorbobolarning ayrimlarini tomosha qilishingiz mumkin.
“Nimagadir qorqiz ham xafa chiqdi”.Foto: Twitter / @Xondamirovna
Foto: Instagram / @Khurliman Aytniyazova
“Bizning ilk qorbobo”.Foto: Instagram / Shahboz Atoyev
“Tungi qorbobo”.Foto: Facebook / Mixail Zuyev
“Toshkent markazi, Oloy bozori yonidagi qiziqarli qorbobo”.Foto: Facebook / Mixail Zuyev
Foto: Telegram / Xolida Musulmon
“Dunyo iste’dodli bir haykaltaroshdan quruq qolganini yasagan qorbobochamdan bilsangiz bo‘ladi. Qorbobo yasaymiz degan katta niyatda tashqariga chiqqandik, lekin yangi qor umuman birikmadi. Qorbo‘ron o‘ynab qaytdik. Qo‘shni bolalar muzda uchib maza qilishyapti”.Foto: Facebook / Ilyos Safarov
Izoh (0)