Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning ikki qizi va uning amakivachchasi Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritiladi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Yevropa Ittifoqi Rossiya rasmiylari va siyosatchilariga qarshi sanksiyalarni kengaytirishda davom etmoqda. Navbatdagi sanksiyalar to‘g‘risidagi qaror Bryusselda qabul qilinadi. Sanksiyalar Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning oilasiga ham qaratilgan. Jumladan, uning ikki qizi va amakivachchasi sanksiylar ro‘yxatidan joy oladi. Checheniston rahbari o‘zining to‘ng‘ich qizi Ayshatni madaniyat vaziri etib tayinlagandi.

Umuman olganda, sanksiyalar 136 kishiga, jumladan, 20 nafar Duma deputatiga, Rossiya maslahat kengashining 22 nafar a’zosiga va Ukrainadagi g‘alla o‘g‘irlanishi uchun javobgar bo‘lgan uch bosh vazir o‘rinbosariga taalluqlidir.

Ro‘yxatga 10 nafar rossiyalik sudya, shuningdek, bolalarni deportatsiya qilish bilan bog‘liq yetti nafar amaldor va gubernatorlar kiritiladi. Bundan tashqari, 31 nafar zobit Ukraina obyektlari va infratuzilmasiga raketa hujumlari uchun javobgar.

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyida Yaponiya sanksiyalari ostiga Checheniston rahbari Ramzan Qodirov, uning qizlari Ayshat (Checheniston madaniyat vaziri), Xadijat (Grozniy maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i) va Tabarik, shuningdek, Ramzan Qodirovning rafiqasi Medni Qodirova kiritilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?