Braziliya terma jamoasi JCH—2022 nimchorak finalida Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib bordi va 4:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuv davomida Braziliyaning uchinchi darvozaboni Ueverton maydonga tushdi. Shu tariqa Braziliya ushbu mundialda barcha 26 nafar futbolchisidan foydalandi va buni qayd etgan tarixdagi ilk jamoaga aylandi.
Bunga qadar yana ikki jamoa — Gretsiya (1994) va Niderlandiya (2014) ham barcha futbolchisidan foydalangan, biroq u vaqtda qaydnomaga 22 va 23 futbolchi kiritish mumkin bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, FIFA Qatar mundiali oldidan qaydnomaga 26 nafar futbolchini kiritishga ruxsat bergandi. Bundan avvalgi qator musobaqalarda ko‘pi bilan 23 futbolchiga ruxsat berilardi.
Mavzuga doir: Braziliya terma jamoasi ketma-ket 8-marta mundial chorak finaliga chiqdi
Izoh (0)