Madridning “Real” klubi “Palmeyras”ning 16 yoshli hujumchisi Endrik uchun katta mablag‘ sarflashi mumkin.
Marca xabariga ko‘ra, “Real” futbolchini 60 million yevroga sotib olish borasida muzokaralar olib bormoqda. Ispan klubi futbolchi 2024-yil, 18 yoshga to‘lganda jamoa safiga qo‘shilishini istayapti.
Avvalroq “Real” qishki transfer oynasida futbolchi sotib olmasligi, biroq Endrik transferi uchun mablag‘ ajratish bundan mustasno ekani xabar qilingandi.
Qayd etilishicha, braziliyalik futbolchining vakillari “Real”dan “Manchester Siti” forvardi Erling Holandni sotib olmaslikni so‘ragan. “Real” jarohatlarga moyilligi va o‘ta yuqori maosh sabab Holandni sotib olish niyatida emasligi aytilmoqda.
16 yoshli iqtidor egasiga “Real”dan tashqari yana qator top-klublar “Manchester Yunayted”, “Barselona” va “PSJ” qiziqish bildirgan.
Izoh (0)