Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp 2020-yilgi prezidentlik saylovlarida Bayden ustidan g‘alaba qozonganini da’vo qilib, konstitutsiyasini bekor qilishga chaqirdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

“Bunday turdagi va miqyosdagi ommaviy firibgarlik barcha qoidalar va moddalarni, hatto konstitutsiyadagilarni ham bekor qilish imkonini beradi”, — deydi siyosatchi. Uning fikricha, Amerika asoschilari ikki yil avval prezidentlik saylovlarida yuz bergan firibgarlikni e’tiborsiz qoldirishni xohlamagan bo‘lardi.

O‘z navbatida, Oq uy sobiq prezidentning bayonotiga munosabat bildirgan. Jumladan, prezident ma’muriyati matbuot kotibi Endryu Beyt Trampning so‘zlarini qoralashga chaqirgan.

“Siz faqat g‘alaba qozonganingizda Amerikani seva olmaysiz. AQSH konstitutsiyasi 200 yildan ortiq vaqt davomida mamlakatimizda erkinlik va qonun ustuvorligini ta’minlagan muqaddas hujjatdir. Konstitutsiya Amerika xalqini, qaysi partiyadan bo‘lishidan qat’i nazar birlashtiradi va saylangan rahbarlar unga rioya qilishga qasamyod qiladi”, — deydi u.

Ma’lumot o‘rnida, AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2024-yil noyabrida bo‘lib o‘tadi. Donald Tramp 2017-yilning 20-yanvaridan 2021-yilning 20-yanvarigacha AQSHning 45-prezidenti bo‘lgan.

Tramp 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, mamlakatdagi saylov tizimini o‘zgartirishga va’da bergan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi
Mahalliy
“YouTube’dagi obunachilarimiz soni MDH mamlakatlari IIV kanallarinikidan ham ko‘p” — Shohrux G‘iyosov IIVning mediamakondagi faoliyati haqida gapirdi
Mahalliy
Toshkentda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi