Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya va Ukrainani tinch muloqotga olib borish hamda harbiy harakatlarga chek qo‘yish uchun o‘ziga xos pozitsiyaga ega, deyiladi Daily Sabah nashrida chop etilgan maqolada.

Foto: EPA

Foto: EPA

Nashr ta’kidlashicha, Erdog‘o‘n Rossiya prezidenti Vladimir Putin g‘alla kelishuvidan voz kechgan paytda, uni muzokaralar stoliga qaytara olgan yagona lider ekanini isbotlagan. Erdo‘g‘on o‘z natijasini quyidagicha izohlagandi: “Putin ushbu don yo‘lagini boshqalar orqali ochishga rozi emas. Lekin men qo‘ng‘iroq qilganimdan keyin u darhol yo‘lakni ochdi”.

Vashington institutining Turkiya bo‘yicha eksperti Soner Chag‘aptayning aytishicha, Turkiya pozitsiyasini Ukraina tarafdori deb ifodalash mumkin, lekin u Rossiyaga ham qarshi emas.

“Bu esa Anqaraga mojaroning barcha tomonlariga mos keladigan vositachi rolini o‘ynash imkonini beradi. Turkiya G‘arb tomonida qolmoqda, lekin Rossiyaga ta’sir o‘tkazish uchun u bilan munosabatlarni buzmaydi”, — dedi ekspert.

AQSHning Turkiyadagi sobiq elchisi va Wilson Center Yaqin Sharq dasturi rahbari Jeyms Jeffri ham bu borada o‘z fikrini bildirgan: “Erdog‘on Rossiyaning g‘alabasiga yo‘l qo‘ymaslik uchun G‘arb bilan birga. Ammo bundan tashqari u Turkiyaning Rossiya va Ukraina, shuningdek, G‘arb va Yaqin Sharq bilan munosabatda o‘z mavqeyini maksimal darajada oshirishga harakat qilmoqda. Menimcha, bu ko‘p qirrali yondashuv to‘g‘ri va samarali. Erdo‘g‘on hukumati Ukrainadagi inqirozni hal qilish va Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan muzokaralar olib borish uchun ko‘prik bo‘lishga urinmoqda”.

Rossiya armiyasi Ukraina shaharlarini o‘qqa tutishda davom etayotgan bir paytda diplomatiya alohida ahamiyatga ega, deb ta’kidladi nashr. Unga ko‘ra, Turkiya urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun sharoit yaratishga qodir yagona kuch bo‘lib qolmoqda.

Avvalroq OAVda Turkiya rasmiylari Rossiya va yetakchi G‘arb davlatlari o‘rtasida Istanbulda muzokaralar tashkil etishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Shuningdek, 18-oktabr kuni Anqara Putin va Zelenskiyni uchrashtirishning hozircha hech qanday imkoni yo‘qligini bildirgani haqida xabar berilgan.

19-oktabr kuni Erdo‘g‘on Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilib, uni mamlakatdagi mojaroni diplomatik usullar bilan hal qilishga chaqirgan va unga “har qanday sharoitda ham” muzokaralarga rozi bo‘lishni taklif qilgan edi. 21-oktabr kuni esa Turkiya rahbari “Putin Ukraina bilan muzokaralar borasida yumshagan”ini ma’lum qildi.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Qashshoq oilada tug‘ilgan bo‘lsa ham, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishni uddalagan Gollivud yulduzlari (foto)
Dunyo
“Stalindan keyingi ikkinchi odam” — Malenkovning hokimiyatdan chetlatilishi, boshi tanasidan judo etilgan Shotlandiya qirolichasi va Kanadada to‘qnashgan ikki poye...
Mahalliy
Turkmaniston gaz yetkazib bermagani uchun O‘zbekiston kompensatsiya talab qilgani rad etildi