Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi va uni mamlakatdagi mojaroni diplomatik usullar bilan hal qilishga chaqirdi, deb xabar berdi Haberturk.

Foto: Haberturk

Foto: Haberturk

Erdo‘g‘on muzokaralar “har qanday sharoitda ham” Ukraina prezidentining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolishi kerakligini ta’kidladi. Turkiya rahbarining o‘zi Ukraina va Rossiya o‘rtasida vositachi bo‘lishga va diplomatik jarayonlarni tashkil qilishda har qanday yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Erdo‘g‘on, shuningdek, Zelenskiyga Bartindagi kondagi portlash munosabati bilan ta’ziya bildirgani uchun minnatdorchilik izhor etdi.

Avvalroq OAVda Turkiya rasmiylari Rossiya va yetakchi G‘arb davlatlari o‘rtasida Istanbulda muzokaralar tashkil etishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Shuningdek, 18-oktabr kuni Anqara Putin va Zelenskiyni uchrashtirishning hozircha hech qanday imkoni yo‘qligini bildirgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?