Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukrainadagi harbiy harakatlar tugaganidan keyin uni qayta tiklash bahosi 349 milliard dollardan oshadi, dedi  Jahon banki prezidenti Devid Melpas. Uning fikricha, asosiy xarajatlar Ukraina infratuzilmasini, xususan, elektr tarmoqlarini tiklashga sarflanadi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Shu bilan birga, Melpas xalqaro hamjamiyat Ukrainaga mablag‘ ajratilishidan hech qanday “toliqish” sezmaganini aytdi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy harakatlari davom etayotgani sababli Rossiyaga nisbatan “umidsizlik” kuchaymoqda. “Bu mashaqqatli urush va u umidlarni puchga chiqarmoqda”, — deb qo‘shimcha qildi Jahon banki rahbari.

Jahon banki allaqachon Ukrainaga 18 milliard dollar ajratgan. Xususan, oktabr oyida bank Kiyevga Britaniya kafolati ostida 500 million dollar ajratgandi. Ukraina rasmiylarining o‘zi mamlakatga zarur budjet yordamini oyiga 4-5 milliard dollarga baholamoqda. Kiyev Yevropa Ittifoqi 2 milliard dollar ajratishini kutmoqda, shundan 500 million dollar Germaniyadan keladi.

Avvalroq Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy mamlakatni qayta tiklash qiymati 1 trillion dollardan ortishi mumkinligi haqida aytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov