Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukrainani qayta tiklashga 1 trillion dollardan ortiq mablag‘ talab etiladi, deya ma’lum qildi prezident Vladimir Zelenskiy Xalqaro ko‘rgazmalar byurosi Bosh assambleyasiga yo‘llagan videomurojaatida.

Foto: Zuma

Foto: Zuma

“Hozirdanoq o‘nlab sherik mamlakatlarni Ukrainani qayta tiklashga jalb qilyapmiz. Mablag‘larning umumiy hajmi — 1 trillion dollar”, — dedi u.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb mamlakatlari va kompaniyalari hududlar, shaharlar yoki korxonalarni “otaliqqa olishi” mumkin. Bunga allaqachon Fransiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Germaniya, Daniya, Finlyandiya, Italiya, Turkiya, Polsha, Portugaliya, Chexiya, Sloveniya, Latviya, Estoniya, Shveysariya, Slovakiya, Avstriya, Gretsiya, Kanada, AQSH, Yaponiya va Avstraliya qiziqish bildirdi, deya sanab o‘tdi Ukraina yetakchisi.

Shunga o‘xshash summani iyun oxirida Yevropa investitsiya banki rahbari Verner Xoyyer ham aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy harakatlar oqibatida yetkazilgan zararni qoplash uchun Ukrainaga 1 trillion yevro (1,1 trillion dollar) miqdorida tashqi yordam kerak bo‘ladi. Zelenskiy avgust oxirida vayron bo‘lgan infratuzilmani qayta tiklash uchun zarur pul miqdorini 600—800 milliard dollarga baholagandi.

Oktabr oxirida esa Ukraina prezidenti mamlakatni tezkorlik bilan qayta tiklash bo‘yicha 17 milliard dollarlik rejani amalga oshirish uchun Kiyev hozircha “bir sent” ham olmaganini aytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi