• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Fidel Kastroning yashirin hayoti, o‘zini imperator deb e’lon qilgan Napoleon va “kokain baroni” Eskobarning o‘ldirilishi. Kun xronologiyasida 2-dekabr

    2-dekabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Kuba prezidentiga aylangan Fidel Kastro, o‘zini imperator deb e’lon qilgan Napoleon I hamda “kokain baroni” Eskobarning o‘ldirilishiga oid faktlar o‘rin olgan.

    Komandantening siri: Fidel Kastroning boyliklari va yashash tarzi

    1976-yil 2-dekabr kuni Fidel Kastro Kuba prezidentiga aylangan edi. Ayrimlar uni yomon, ko‘pchilik yaxshi ko‘rgan, biroq hech kim Kastroga befarq emasdi. Amerikaliklar uni shafqatsiz diktator deb hisoblagan. Sovet Ittifoqida uning shaxsiga romantik urg‘u berilgan. Quyida Kastroning yashirin hayoti haqida ma’lumotlar keltiriladi.

    Foto: Pikabu

    “Komandante men uchun xudo edi. Uning uchun doim o‘lishga tayyor edim. Biroq uning kolumbiyalik narkosavdogarlar bilan suhbatini eshitganimdan keyin barchasi o‘zgardi”, — deyiladi “Fidel Kastroning ikkitalik hayoti” kitobi avvalida.

    Kitob muallifi — Kuba yetakchisining sobiq tansoqchisi Xuan Reynaldo Sanches bo‘lib, u 17 yil komandantega xizmat qilgan, 2008-yilda Ozodlik orolida Meksikaga, u yerdan esa AQSHga qochib o‘tgan. Uning aytishicha, Kuba yetakchisining ko‘plab ko‘chmas mulklari bo‘lgan. Xususan, Kayo-Pyedra xususiy oroli unga tegishli edi. U yerda fil suyaklari bilan bezatilgan shaxsiy villasi joylashgan. Fidel Kastroning Gavanadagi koshonasida shaxsiy tibbiyot markazi, basketbol maydonchasi va tomida boulingi bo‘lgan.

    Forbes jurnali 2006-yilda dunyoning eng badavlat diktatorlari reytingini tuzganida ro‘yxatdan “komandante Fidel” ham o‘rin olgan. Nashrning ta’kidlashicha, uning boyligi 900 million dollarga baholangan. Kastroning o‘zi nopok tuhmat tarqatgan barcha aybdorlarni javobgarlikka tortishga va’da berib, g‘azablangan. Komandantening so‘zlariga ko‘ra, G‘arb OAVlarida e’lon qilingan raqamlar — 900 to‘g‘ri, faqat million va dollar emas, balki pyeso (43 dollarga yaqin). Kastro boshqa kubaliklar kabi hayot kechirishini ta’kidlab kelgan. “Bu yolg‘on, u o‘z kulbasida faqat rasmiy tashrif bilan kelganlarni qabul qiladi, aslida shahar tashqarisidagi ulkan villasida yashaydi”, — deydi Sanches.

    Foto: Pikabu

    Qochoq tansoqchi Kuba yetakchisining jami 20 ta ko‘chmas mulki borligini sanagan. Komandante o‘zining shaxsiy oroliga Aquarama II yaxtasida suzib borgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaxta interyerini jihozlashda qimmatbaho Angola daraxti yog‘ochlaridan foydalanilgan. Biroq u qanday qilib Kuba yetakchisining ixtiyoriga kelib qolgani noma’lum. Versiyalardan biriga ko‘ra, bu SSSR rahbari Leonid Brejnevning sovg‘asi bo‘lgan. Boshqa bir versiyada keltirilishicha, uni Kastroning o‘zi sotib olgan.

    Sovet yetakchilari komandantega sovg‘alar yuborishni yaxshi ko‘rgani sir emas. Kastroning garajida Nikita Xrushchyov tomonidan sovg‘a qilingan “Zil-111B” avtomobili, shuningdek, “GAZ-69” armiya yo‘ltanlamasi bo‘lgan. Ammo uning avtoparkida xorij mashinalari ham bo‘lgan. Kastro tansoqchisining aytishicha, Kuba yetakchisi o‘zining Mercedes’ini yaxshi ko‘rgan.

    Foto: Pikabu

    Kiyim-kechakka kelinadigan bo‘lsa, Kastro yoshligida ommaga harbiy kitel va xaki rangidagi kepida (bosh kiyim) ko‘rinish bergan. Vaqt o‘tishi bilan u sport kostyumlarini kiyishga o‘tgan. Biroq bu Kastro qimmatbaho aksessuarlarni yaxshi ko‘rmaganini anglatmaydi. Sanchesning qayd etishicha, komandantening Rolex Shveysariya soatlaridan iborat ulkan kolleksiyasi bo‘lgan. 1963-yilda Sovet Ittifoqiga tashrif vaqtida Kastroning qo‘lidagi birdaniga ikkita Rolex odamlar e’tiborini tortgandi. O‘shanda jurnalistlarga majburiy yechim sifatida shunday yo‘l tutilgani tushuntirilgan edi: soatlardan biri Gavana, ikkinchisi Moskva vaqtini ko‘rsatadi.

    Shuningdek, kitobda yozilishicha, komandante Kubada ishlab chiqariladigan romdan ko‘ra, shotland viskisini ma’qul ko‘rgan. Ammo mahalliy sigaralarga ustuvorlik bergan: dunyoda Kuba sigaralaridan yaxshiroq tamaki mahsuloti yo‘qligi ta’kidlangan.

    Kastro qo‘l ostidagi oddiy kubaliklardan yashirin ravishda bunday hashamatli hayotni dezertir-qo‘riqchisi ko‘magida kechirishga muvaffaq bo‘lgan. Kuba narkosavdogarlar uchun dastlabki punkt edi: giyohvand moddalar Lotin Amerikasidan olib kelingan va AQSHga jo‘natilgan. Sanchesning ta’kidlashicha, oroldagi bu jarayonni komandantening shaxsan o‘zi boshqargan.

    Fidel Kastro o‘ziga to‘q plantator oilasida dunyoga kelgan. Ko‘plab safdoshlaridan farqli o‘laroq u so‘l g‘oyalar ta’siriga Gavana universiteti yuridik fakultetida o‘qish davrida tushib qolgan. Stalin, Lenin va Troskiy mehnatlarini o‘qib, u Amerika elchixonasi qarshisidagi namoyishlarda ishtirok etgan, qashshoq dehqonlarni sudda himoya qilgan. Kastro Dominika diktatori truxilyoni ag‘darishga uringan, biroq muvaffaqiyatga erishmagan. Qo‘zg‘alon vaqtida Kolumbiya poytaxti Bogotada bo‘lib qolgan Kastro ikkita narsani tushunib yetgan: xalq g‘azabi naqadar katta kuch ekanini va unga boshchilik qiladigan odam bo‘lmasa, tezda so‘nishini.

    Foto: Pikabu

    1950-yillar boshida yuz bergan to‘ntatish natijasida Kuba hukumati tepasiga Fulxensio Batista kelgan. Kastro sheriklari bilan Batistaga qarshi isyonlarni boshlagan, biroq operatsiya muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Sud bo‘lajak komandanteni 15 yilga qamagan. Sudda u o‘zining mashhur nutqini so‘zlab, quyidagi so‘zlar bilan yakunlagan: “Tarix meni oqlaydi”. Biroq Batista rejimi o‘zgacha fikrlaydiganlarga haddan ortiq ko‘ngilchan edi: ikki yildan keyin Fidel amnistiya bilan ozodlikka chiqqan.

    Ozod bo‘lgan Kastro Meksikaga yo‘l olgan. U yerda o‘z tarafdorlarini to‘plab, qo‘lda qurol bilan Kubaga qaytishni rejalashtirgan. 1956-yilda u Granma motorli yaxtasida orolga qaytgan va bir necha oy ichida hokimiyatni egallagan. O‘zining “Birinchi raqamli manifest” siyosiy dasturida u yerlarni dehqonlarga berishni, sanoatni milliylashtirish va bepul ta’lim haqida gapirgan. Hokimiyat tepasiga kelgan Fidel AQSH bilan qarama-qarshilikka borib, Sovet Ittifoqi bilan do‘stlashib olgan.

    Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Kastro g‘aroyib inson bo‘lgan: u ommani dastlabki so‘zlaridanoq o‘ziga qarata olgan va keyin soatlab ularning e’tiborini ushlab turgan. Kubada hokimiyat tepasiga kommunistlar kelgach Kastroning minglab siyosiy raqiblari, isyonchi dehqonlar va Batista rejimi tarafdorlari otib tashlagan.

    Fidel Kastro hukmronligi yillarida jamiyatning tabaqalanishi halokatli darajaga yetgan. Orolda faqat turizm sanoati bilan bog‘liq bo‘lganlar (jumladan, fohishalik va odam savdosi bilan shug‘ullanadigan erkaklar va ayollar), shuningdek, hukmron elita vakillari yaxshi hayot kechirgan. Shu bilan birga, va’da qilinganidek, Kastro bepul tibbiyot va ta’limni joriy qilgan, Sovet davrida ba’zi yosh kubaliklar SSSRda ta’lim olgan.

    XX asrning eng muhim shaxslaridan biri hisoblangan Fidel Kastro 2016-yilda 90 yoshida vafot etgan.

    O‘zini imperator deb e’lon qilgan Napoleon

    1804-yil 2-dekabr kuni Napoleon I Fransiya imperatori deya e’lon qilingandi. Fransiya davlat arbobi va lashkarboshisi, imperator Napoleon Bonapart 1769-yil 15-avgust kuni Korsika orolidagi Ayachcho shahrida u qadar mashhur bo‘lmagan dvoryan oilasida dunyoga kelgan. Napoleon 1784-yilda Brienne harbiy bilim yurtini, 1785-yilda — Parij harbiy maktabini tamomlagan. Professional harbiy xizmatini o‘sha yili qirollik armiyasi artilleriyasida kichik leytenant lavozimida boshlagan.

    Foto: Public domain

    Buyuk fransuz inqilobining dastlabki kunlaridanoq Bonapart Korsika orolidagi siyosiy kurashda qatnashgan, radikal respublikachilar qanotiga qo‘shilgan. 1792-yilda Valenseda Yakobinchilar klubi a’zosiga aylangan.

    1793-yilda Fransiyaning Korsikadagi tarafdorlari mag‘lubiyatga uchragan. Korsikalik separatchilar bilan mojaro sabab u oroldan Fransiyaga qochishga majbur bo‘lgan. Bonapart Nitssedagi artilleriya batareyasi komandiriga aylangan. Tulonda inglizlarga qarshi kurashda yaxshi natija ko‘rsatgan, brigada generali lavozimiga ko‘tarilgan va Alp armiyasi artilleriyasi boshlig‘i etib tayinlangan. 1794-yil iyunda aksilinqilobiy to‘ntarishdan keyin Yakobinchilar bilan aloqasi uchun Bonapart lavozimdan chetlatilib, hibsga olingan, biroq tez orada ozod qilingan. Harbiy vazirlik zaxirasida bo‘lgan Bonapart 1795-yil sentabrda taklif etilgan piyodalar brigadasi komandiri lavozimi rad etib, armiyadan bo‘shatilgan.

    O‘sha yilning oktabrida Direktoriya (1795-1799-yillarda fransuz hukumati) a’zosi Pol Barras Napoleonni yordamchi qilib olgan. Bonapart royalistlar isyonini bostirishda o‘zini ko‘rsatgani uchun Parij garnizoni qo‘shinlari qo‘mondoniga aylangan. 1796-yil fevralda Italiya armiyasi qo‘mondonligiga tayinlangan.

    1798—1801-yillar davomida u Misr ekspeditsiyasiga boshchilik qilgan, Iskandariya va Qohirani qo‘lga kiritganiga qaramay, qo‘shin mag‘lubiyatga uchragan edi.

    1799-yil oktabrda Bonapart Parijga qaytib kelganida mamlakat siyosiy inqirozni boshidan o‘tkazayotgan edi. Burjua doiradagi yuqori martabali tanishlari yordamida 9—10-noyabr kunlari davlat to‘ntarishi uyushtirgan. Direktoriya hukumati ag‘darilgan, Fransuz respublikasini uch konsul, jumladan, Napoleon boshqara boshlagan.

    Foto: Public domain

    1801-yilda Rim papasi bilan imzolangan kelishuv Napoleonga katoliklar cherkovi qo‘llab-quvvatlovini taqdim etgan. 1802-yil avgustda u umrbod konsullik lavozimiga erishgan. Oradan ikki yil o‘tgach esa Bonapart imperator Napoleon I sifatida e’lon qilingan.

    1804-yil 2-dekabr kuni Parijdagi Notr Dam soborida o‘tkazilgan tantanali marosimda Rim papasi ham ishtirok etgan bo‘lib, unda Napoleon o‘zini fransuz imperatori sifatida tanishtirgan. 1805-yili uni Italiya ham o‘z qiroli sifatida tan olgan. Napoleon I ning tashqi siyosati Yevropada siyosiy va iqtisodiy gegemonlikka erishishga qaratilgan. Fransiya hukumati tepasiga kelishi bilan tinimsiz urushlar boshlangan. Harbiy muvaffaqiyatlari sabab Napoleon imperiyasi hududlarini sezilarli oshirgan, G‘arb va Markaziy Yevropadagi ko‘plab davlatlarni Fransiyaga bog‘lab qo‘ygan.

    Napoleon nafaqat Reyn daryosiga qadar kengaygan Fransiyaning imperatori, balki Italiya qiroli, Shveysariya konfederatsiyasi vositachisi va Reyn konfederatsiyasi protektori edi. Uning ukalari ham qirol bo‘lgan: Jozef Neapolga, Lui Gollandiyaga, Jerom esa Vestfaliyaga.

    Foto: Public domain
    Bu vaqtga kelib Fransiya imperiyasi o‘z hududi bo‘yicha Buyuk Karl imperiyasiga yetib qolgandi.

    1812-yilda Napoleon Rossiyaga yurish qilishga qaror qiladi va mag‘lubiyatga uchraydi, bu uning imperiyasi qulashiga sabab bo‘lgan. 1814-yil mart oyida Parijga Fransiyaga qarshi koalitsiya qo‘shinlarining kirishi Napoleon I ni taxtdan chekinishga majbur qilgan. Ittifoqchi davlatlar Napoleonning imperator maqomini saqlab qolgan va unga O‘rta Yer dengizidagi Elba oroliga egalik qilishni topshirgan.

    1815-yilda Napoleon xalqning Burbonlar siyosatidan noroziligidan, shuningdek, g‘olib davlatlar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelganidan foydalanib taxtni qaytarib olishga uringan. Mart oyida u kichik bo‘linma bilan Fransiya janubiga kelgan va uch hafta ichida birorta o‘q uzmasdan Parijni egallagan. Biroq Napoleon I ning navbatdagi hukmronligi uzoq davom etmagan. Imperator o‘ziga umid bildirgan fransuz xalqining ishonchini oqlamagan. Bularning barchasi, shuningdek, Vaterloo jangidagi mag‘lubiyat uning Muqaddas Yelena oroliga surgun qilinishiga olib kelgan. Napoleon 1821-yil 5-may kuni u yerda vafot etgan. 1840-yilda uning hoki Parijdagi Nogironlar uyiga olib kelingan.

    “Kokain baroni” Pablo Eskobarning o‘ldirilishi

    1993-yil 2-dekabr kuni Medelinda narkobaron Pablo Eskobar o‘ldirilgan edi. Eskobar AQSHni kokainga o‘rgatib qo‘ygan, giyohvand moddalar savdosidan o‘z yurtidagi kambag‘allar uchun uy va yo‘llar qurgan, Kolumbiya prezidenti bo‘lishni orzu qilgan, hashamatli qamoqxonada yashagan va 44 yoshida otishmada halok bo‘lgan. Bularning barchasi o‘ziga xos afsona hisoblanuvchi Pablo Eskobar haqida ko‘pchilikka ma’lum ma’lumotlardir.

    Pablo Eskobar

    Pablo Eskobar
    Foto: Wikimedia Commons

    Pablo Eskobar 1949-yil 1-dekabrda Kolumbiyaning Medelin shahrida dunyoga kelgan va jinoyat olamidagi yo‘lini mayda ishlardan — mahalliy qabristonlarni o‘marish, tamaki va marixuana tayyorlash, lotereya chiptalarini soxtalashtirishdan boshlagan. Biroq uning karyerasi tezda yuqoriga ko‘tarilgan — yoshligidan reketlar bilan shug‘ullanuvchi to‘da tuzgan va 22 yoshida o‘z shahrida mashhurlikka erishgan. Eskobarning to‘dasi taniqli biznesmenni o‘g‘irlab ketib, o‘ldirgach, uning obro‘si mahalliy qashshoq qatlam orasida oshib ketgan. Shundan keyin Pablo Eskobar giyohvand moddalar savdosi — Amerikada tezda ommalashgan kokain bilan shug‘ullanishni boshlagan.

    1977-yilda Medelin karteliga asos solingan — 1979-yilga kelib u AQSH kokain bozorining 80 foizini ta’minlar edi. AQSH va Kolumbiyaning barcha kuchlari narkobaronga qarshi kurash uchun yo‘naltirilgani bejiz emas — Eskobarning o‘zi 1982-yilda Kolumbiya Kongressi a’zosiga aylangan. Biroq ikki yil o‘tgach u shubhali faoliyati sabab kongressmenlikdan ketgan.

    Medelinda u qashshoqlar hayotini yaxshilashga bo‘lgan urinishi sabab mashhur edi. Poytaxt Bogotaga esa ko‘plab muammolar keltirgan. 1990-yilda prezidentlik saylovi oldidan Eskobarning odamlari yettita terakt uyushtigan — o‘shanda jami 37 kishi halok bo‘lgan va 400 ga yaqin odam jarohatlangan. Bundan bir yil oldin esa u Avianca aviakompaniyasi samolyotiga bomba qo‘yish orqali 107 kishining o‘limiga sabab bo‘lgandi.

    Eskobar 1993-yil 2-dekabr kungi otishmada halok bo‘lgan — politsiya narkobaron yashiringan joyni u tug‘ilgan kunidan keyin oilasiga qo‘ng‘iroq qilgach topishga muvaffaq bo‘lgan.

    Eskobar va rafiqasi Mariya 1983-yilda, narkobaron Kolumbiya Kongressi a’zosiga aylangan vaqt

    Eskobar va rafiqasi Mariya 1983-yilda, narkobaron Kolumbiya Kongressi a’zosiga aylangan vaqt
    Foto: Reuters

    Pablo Eskobar 1970-yillar

    Pablo Eskobar 1970-yillar
    Foto: Wikimedia Commons

    Eskobar rafiqasi va o‘g‘li bilan Bogotadagi futbol o‘yinida

    Eskobar rafiqasi va o‘g‘li bilan Bogotadagi futbol o‘yinida
    Foto: AP Photo

    Pablo Eskobar, 1991-yil

    Pablo Eskobar, 1991-yil
    Foto: AP Photo

    Eskobar rafiqasi Mariya va farzandlari bilan

    Eskobar rafiqasi Mariya va farzandlari bilan
    Foto: Wikimedia Commons

    Pablo Eskobar, 1988-yil

    Pablo Eskobar, 1988-yil
    Foto: AP Photo

    “Eskobar mehmonxonasi” deya nom olgan qamoqxona. Narkobaron bu yerda 13 oy hibsda saqlangan

    “Eskobar mehmonxonasi” deya nom olgan qamoqxona. Narkobaron bu yerda 13 oy hibsda saqlangan
    Foto: AP Photo

    Eskobar bilan vidolashuv jarayoni, 1993-yil 3-dekabr

    Eskobar bilan vidolashuv jarayoni, 1993-yil 3-dekabr
    Foto: Reuters
    02.12.2022, 09:30   Izoh (0)   58049
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bayden: “Putin Ukrainadagi urushni tugatishga qiziqish bildirsa, u bilan gaplashishga tayyorman”

    02.12.2022, 09:30

    AQSHda 10 yoshli bola onasini otib o‘ldirdi

    02.12.2022, 00:14

    “Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    01.12.2022, 23:39

    O‘zbekiston ipagi, ipakchilik va Xo‘ja Nasriddin latifalari YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi

    01.12.2022, 23:22

    Turkmanistonda abituriyentlar muddatli harbiy xizmatni kechiktirish huquqiga ega bo‘ldi

    01.12.2022, 22:45

    Mark Sukerberg Apple siyosatini tanqid qildi

    01.12.2022, 22:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Sistit — bu uyat emas!


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mask giyohvand moddalar iste’mol qilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

    Dunyo | 1 iyun, 11:30

    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi

    Reklama | 1 iyun, 12:00

    2024/25-yilgi Yevropa Chempionlar Ligasi: eng yaxshi to‘purar va assistentlar aniqlandi

    Sport | 1 iyun, 11:02

    Rossiyada yo‘lovchi poyezd ustiga ko‘prik quladi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 1 iyun, 10:40

    Tojikistondan 16 kilo giyohvandlik vositasi olib kelgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 09:45

    10 sutka qamoq va jarima. Toshkentdagi futbolda janjal uyushtirganlar jazolandi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 08:57

    YCHL. “PSJ” finalda “Inter” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urib, chempionlikni qo‘lga kiritdi (video)

    Sport | 1 iyun, 07:59

    DNK orqali inson yuzini shakllantiruvchi texnologiya yaratildi

    Dunyo | 1 iyun, 07:30

    Toshkent viloyatidagi tezkor tadbirlarda qariyb 40 kg giyohvandlik vositasi, 30 dona qurol, 1,6 mingta tig‘li jism aniqlandi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 06:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.